SDG-Nexus

SDGnexus Network – bu barqaror rivojlanish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 Rejalarini targ’ib qiluvchi universitetlar, tadqiqot markazlari va manfaatdor tomonlarning global hamjamiyati hisoblanadi.  SDGnexus Network GERMANIYANING AKADEMIK ALMASHINUV XIZMATI (DAAD) "Hamkorlikning rivojlanishi va o’sishida Oliy ta’limning afzalligi" nomli dasturining bir qismi bo‘lib,  Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari”ni amalga oshirilishida samarali va innovatsion hissa qo‘shish uchun oliy ma’lumot olishni mustahkamlashni o’z oldiga maqsad qilib olgan. Ushbu loyiha DAAD  tomonidan Germania Iqitisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Federal Vazirligi (BMZ) mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

SDGnexus Network loyihasining asosiy maqsadilari:

  1. Tarmoqdagi hamkorlar bilan qo‘shma tadqiqot loyihalarini o‘tkazish orqali umumiy tadqiqot bazasini yaratish.
  2. O‘zgarishlar va yangiliklarni o‘rganuvchilar sifatida keyingi avlod olimlarining malakalarini oshirish.
  3. Germaniya oliy ta’lim muassasalari tarmog‘i va xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida almashinuv va hamkorlikni rag’batlantirish.

SDGnexus Network Kolumbia, Ekvador, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Germaniyadagi 7 ta asosiy hamkorlardan iborat bo‘lib, loyihaning maqsadlariga erishishda o‘z hissasini qo‘shadigan 13 ta hamkorlikdagi sheriklarning qo‘llab-quvvatlaydigan tarmog‘idan iborat.