Erasmus+ DSinGIS

Erasmus+ DSinGIS loyihasi

Loyihaning nomi: «Erasmus+ DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura»

Loyihaning raqami (agar mavjud bo‘lsa): «585718-EPP-1-2017-1-HU-EPPKA2-CBHE-JP»

Ariza beruvchi tashkilot: Obuda universiteti, Vengriya

Maqsad: Geoinformatika orqali O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash.

Vazifalar:

  1. Geoinformatikani tatbiq etish sohasida doimiy kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi yangi innovatsion doktorlik dastur va usullarini ishlab chiqish.
  2. Yuqori axborot va komunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muhitini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash.
  3. O‘zbekistondagi hamkor universitetlar professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining geoinformatika sohasidagi ilmiy salohiyatini yuksaltirish.
  4. Doktorantura va ilmiy tadqiqotda o‘zbekistonlik olimlarni tarmoqlararo geoinformatika sohasiga yo‘naltirish.
  5. Geoinformatika sohasida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va doktorantlarning xalqaro miq’yosdagi jamiyatlarga jalb etilishini kengaytirish, OTM va ITMlarning xalqarolashuvini kuchaytirish.

Loyihadan kutilayotgan natijalar:

  1. Geoinformatika soxasida xalqaro tarmoq.
  2. Akkreditatsiyadan o‘tgan doktorantura dasturi.
  3. OTMlarda yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish bo‘yicha ta’lim salohiyati.
  4. Hamkorlikdagi qo‘shma bilim havzasiga ega elektron ta’lim platformasi.
  5. Tarmoqlararo aloqalarga ko‘maklashuvchi o‘zbek tilidagi ta’riflarni o‘z ichiga oluvchi geofazoviy atamalar glossariysi.
  6. Tadqiqot salohiyati: O‘zbekistonda tarmoqlararo qo‘llanishlar uchun tadqiqot laboratoriyalari va Qo‘shma ilmiy tadqiqot markazi.
  7. Ko‘plab samarali natijalarga qaratilgan yillik Geoinformatika konferensiyalari.

Loyiha davomida kutilayotgan tadbirlar rejasi:

Amalga oshirish davri: 15.10.2017 – 14.10.2020 yy.

Taqdim etilgan grant miqdori: 992 169 Yevro, shu jumladan TIQXMMIga 211 166 Yevro.

Loyihaning O‘zbekistndagi Milliy koordinatori:

- Ilxom Abduraxmanov, “Erdan foydalanish” kafedrasi “Geoinformatika” ixtisosligi tayanch doktoranti

- telefon: +998712371909 (ish); +998977703311 (mobil)

- email: ilhom.isakovich@gmail.com

Loyihada ishtirok etadigan mamlakatlar:

Vengriya, Avstriya, Germaniya, O‘zbekiston

Qo‘shimcha ma’lumotlarni ushbu havoladan olishingiz mumkin.