O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yil 17-iyuldagi 08/26779-sonli xatiga muvofiq O`zbekistonning Kuala-Lampurdagi elchixonasi va Malayziyaning Al-Buxoriy Xalqaro universiteti prezidenti A. Tajuddin o`rtasida bo`lib o`tgan onlayn uchrashuv natijalari doirasida Malayziyaning Al-Buxoriy xalqaro Universiteti tomonidan o'rta maxsus va oliy ta`lim dasturlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e`lon qiladi.
Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, o`qish 2022-yil oktyabr oyidan boshlanadi va ushbu stipendiya kam ta`minlangan oilalar qatoridan iqtidorli yoshlarga taqdim etiladi.
Nomzodlar hujjat topshirish vaqtida 18-22 yosh oralig`ida, uylanmagan ( turmushga chiqmagan) bo`lishi kerak. Ular litsey bitiruvchilari yoki OTMning yosh xodimlari orasida tavsiya etilishi mumkin deb hisoblaymiz.
Mazkur stipendiya ta`lim, yashash va ovqatlanish kabi harajatlarni o`z ichiga oladi. Qolgan harajatlar, ya`ni aviachipta (borish va kelish), talabalik vizasi va ro`yxatdan o`tish uchun to`lov hamda qaytarib beriladigan garov puli talaba tomonidan qoplanishi ko`zda tutilgan.
Tavsiya etilgan nomzod mustaqil ravishda, talabnomani universitet veb saytida ( https://aiu.edu.my/admissions/ ) to`ldirishi, Al-Buxoriy xalqaro universiteti bilan bog`lanishi va mazkur universitetning barcha kirish tartiblaridan on-line tarzda o`tishi kerak.
Al-Buxoriy xalqaro universiteti o`qish shart sharoitlari to`g`risidagi batafsil ma`lumotlar bilan https://www.aiu.edu.my/ veb saytida tanishish mumkin.
Hujjat topshirish muddat -2022 -yil iyul oyigacha.
Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilganlarning ro`yxatini Tashqi ishlar vazirligi orqali tshkilotchilarga yuborish uchun 2022-yil 1- maygacha Vazirlikning Xalqaro Aloqalar boshqarmasi elektron manziliga ( xab@edu.uz ) yuborishingizni so`raymiz. Yuborilayotgan xat "Al-Buxoriy stipendiyasi" deb nomlanib, unda vazirlik xatining chiqish raqami ko`rsatilishi kerak.