Yaponiya bakalavr va magistratura bosqchida xorijiy talabalarga ajratiladigan grantlarining qulayligi va ta’minoti jihatidan dunyoda eng yuqori o’rinlarni egallaydi. Bugun Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan xorijiy talabalar uchun magistratura/doktorantura bosqichidagi grant – “Tadqiqotchi talaba” granti haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Kimlar qatnashishi mumkin: 1983-yil 2-apreldan keyin tug’ilgan, maktab, kollej (litsey) va universitetda jami 16 yil ta’lim olgan (doktorantura uchun 18 yil), kamida 22 yoshga to’lgan, Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatilgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
Tillar: Magistratura/doktoranturada ingliz yoki yapon tilida o’qish mumkin. O’qiladigan tilni kandidatning o’zi tanlaydi.
Hujjat topshirish muddati: Hujjat topshirish, odatda, har yili 20-aprelda boshlanib, 19-mayda tugaydi.
Tadqiqotchi talabaning moddiy ta’minoti:
Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi:
Qoidaga ko’ra, avvalgi bosqichdan o’tmagan kandidat keying bosqichdagi tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati:
Eslatma: Hujjatlarning bittadan asl nusxasi va ikkitadan ko’chirma nusxai topshirilishi lozim. Shuningde, hujjatlarning shakli keyingi yili o’zgarishi mumkin. To’ldirilishi lozim bo’lgan hujjatlarni Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytidan (http://www.uz.emb-japan.go.jp) yuklab olish mumkin.
Hujjatlar qayerga topshiriladi: Tayyor holga keltirilgan hujjatlar Yaponiyaning O’zbekiston elchixonasiga topshiriladi.
Stipendiyani yutgan talaba qaysi universitetda o’qiydi: Yaponiyaning qaysi universitetida o’qishni talabaning o’zi tanlaydi. Talaba, qoidaga ko’ra, o’zi o’qishni xohlaydigan 3 ta Yaponiya universiteti ro’yxatini dastur tashkilotchilariga taqdim qiladi. Biroq, talaba universitet bilan mustaqil ravishda bog’lanib, universitetga kirish harakatlarini o’zi amalga oshiradi.
Dasturni yutgan talaba vizani qanday oladi: Dasturda muvaffaqiyatli o’tgan talabaga universitet tomonidan qabul qilinganlik va Yaponiyada o’qish uchun taklif qilinganlik haqidagi taklifnoma yuboriladi. Vizani olish jarayonida Yaponiya elchixonasi bevosita ko’maklashadi. Agarda talaba olilali bo’lsa, eri/xotini va farzandlarini ham o’zi bilan birga olib ketishi mumkin. Oila a’zolari uchun viza olish jarayonida ham bevosita Yaponiya elchixonasi ko’maklashadi.
Yaponiyada o’qish davomida ishlash mumkinmi: Ha, mumkin. Shuningdek, stipendiyani yutib olgan talaba Yaponiyada ta’lim olishi davrida yapon tilini ham o’rganishi lozim bo’ladi. Yapon tilini o’rgatish darslari bepul. Hozirda 2018-yilgi dastur uchun saralash jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturda qatnashib, stipendiyani qo’lga kiritishnni xohlovchilarlar 2019-yilgi dasturga topshirishlari mumkin. 2019-yil uchun hujjat topshirish 2018-yilning 20-aprelidan (taxminan) boshlanadi.
Yaponiyada o’qishga qiziqishingiz bo’lsa yoki Yaponiya tomonidan taklif etiladigan grantlar, dasturlar haqida batafsil ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz, bevosita Grantlar.uz ma’muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin (telegram: @hamidziyo).
Ma’muriyat grantlarni qo’lga kiritib, o’zingiz istagan universitetda ta’lim olishingizga imkon qadar ko’maklashishga tayyor. Shuningdek, Yaponiya hukumati tomonidan e’lon qilinadigan dastur va grantlar haqida Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasidan va elchixona saytidan (http://www.uz.emb-japan.go.jp) ham ma’lumot olish mumkin.