Rossiyaning Volga davlat texnologiya universiteti “O'rmon xo'jaligi kompleksi va tabiatni boshqarishda xalqaro hamkorlik” magistratura dasturini e’lon qildi.
Mazkur dasturda institutimiz talabalari uchun 6 ta grant ajratilgan bo`lib, qabul 2018 yil iyul oyida Toshkent shahridagi Rossiya madaniyat markazida o`tkaziladi. Nomzodlardan rus tilini yaxshi bilishlari talab etiladi.
Мazkur dastur bilan bog`liq batafsil ma`lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin: http://abiturient.volgatech.net/urovni_obrazovaniya/magistratura/institut_lesa_i_prirodopolzovaniya/monne/
Nomzodlar tanlovda qatnashish tartibi bilan tanishish uchun institutning Xalqaro aloqalar bo’limiga murojaat qilishlari so’raladi.