Vazifalari

Bo‘limning yaqin kelajakka mo‘ljallangan ustivor vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or (tan olingan reyting tashkilotlari - THE, QS - ma’lumotlari bo‘yicha birinchi 1000 talikka kirgan) oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;

- ilmiy tadqiqot dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va xalqaro ilmiy maktablar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;

- saloxiyatni rivojlanish dasturlarini takomillashtirish va xalqaro ilg‘or oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, xalqaro jamg‘armalar va donorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish;

- professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarning xalqaro xamkorlik yo‘nalishidagi faoliyatlarda faol ishtirok etishi uchun zarur va rag‘batlantiruvchi shart-sharoitlarni yaratish, xalqaro faoliyatlar jarayoni va natijalarini ob’ektiv va shaffof monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish;

- xalqaro miqyosda o‘tkazildigan oliy ta’lim muassasalari talabalari olimpiadalariga institut iqtidorli talabalarini tanlab olish hamda maqsadli tayyorlash;

- institutning xalqaro maydondagi akademik jozibadorligini oshirgan holda xorijiy talabalarni keng jalb etish;

- institutga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish.