Kuala-Lumpur shahridagi universitetlarda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra Bruney-Darussalam Hukumati 2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi universitetlarda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar ajratgan:
- Bruney-Darussalam universiteti; - Sulton Sharif Ali nomidagi islom universiteti; - Bruney texnologiya universiteti; - Bruney politexnika universiteti; - Diniy o‘qituvchilarni tayyorlaydigan universitet kolleji.
Tanlov muddati: 2022 yil 15 fevral. Mazkur ta’lim granti o‘qish, yashash, ovqatlanish, xalqaro aviachiptalar va o‘quv materiallari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni hamda tibbiy sug‘urta va oylik stipendiyani o‘z ichiga oladi. Grant doirasida tahsil olish 2022-yil iyul-avgust oylarida boshlanadi.