"Oliy ta'limni modernizatsiyalash" loyihasi

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

"Oliy ta'limni modernizatsiyalash" loyihasi

Akademik innovatsiyalar fondi

Loyiha mavzusi

Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish

Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashning roli

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish ikkita asosiy soha, dehqonchilik va chorvachilikda amalga oshiriladi. Dehqonchilikda ishlab chiqarish o'simliklarni yetishtirish va bu o'simliklar uchun yashash va oziqlanish muhiti sifatida tuproqdan foydalanishga asoslangan. Chorvachilikda ishlab chiqarish jarayoni hayvonlarni o'stirishga, ularning hayotiy funksiyalaridan foydalanishga asoslangan. Yer, tuproq sifati, chorvachilik bilan, asosan, ozuqa yetishtirish orqali bog'langan. Qadim zamonlardan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda qo’l mehnati markaziy o’rinni egallagan.

Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash insonlarni og'ir, ko’p vaqt va mehnat talab qiluvchi va jismonan toliqtiruvchi ishlardan ozod qiladi, ish unumdorligini oshiradi, ishni bajarish vaqtini qisqartiradi, qishloq xo'jaligi ekinlari maydonlarini kengaytirish, agrotexnik va meliorativ tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirish imkonini yaratadi, mahsulot tannarxini pasaytiradi. Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish madaniyatini oshirish - ilm-fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlarini qo’llash, ilg'or texnologiyalarni o’zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida keng ko'lamli melioratsiya va kimyoviy vositalarni qo'llash jarayonlarini amalga oshirish bilan bevosita bog'liqdir.

AQSh muhandislar milliy fan akademiyasi xulosalariga ko'ra, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash insoniyat uchun 20 asrning eng muhim 20ta muhandislik yutuqlari ichida kompyuterlar, telefon aloqasi va kosmik raketa kabi taniqli sohalarni ortda qoldirib 7 o'rinni egallagan. Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash 20 asrning ikkinchi yarmida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishishda hal qiluvchi rol o'ynadi.

Bugungi kunga kelib ekin maydonlari hosildorligini oshirish zarurligi, atrof-muhitga salbiy tasir o’tkazish, uglevodorod yoqilg'ilari narxini qimmatlashishi, masofadan zondlash va elektron tizimlarni rivojlanishi va ulardan traktorlar, kombaynlar va boshqa qishloq xo'jaligi mashinalarida keng foydalanish, uchuvchisiz uchish vositalari (dronlar)ni paydo bo’lishi an'anaviy qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash sohasini o'zgartira boshladi.

21 asrda qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ekologik jihatdan toza, iqtisodiy jihatdan samarali, foydalanish uchun qulay va mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan bo’lishi kerak. Bunda qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash sohasidagi mutaxassislarning malaka, bilim va amaliy ko’nikmalariga alohida talablar qo’yiladi

Loyihaning maqsadi

Loyihani bajaruvchilar

Loyihaning amal qilish muddati

Loyihaning xorijiy hamkorlari

Loyihani amalga oshirish davomida

Loyiha faoliyatiga ko’maklashish uchun tashkil etiladi:

Takomillashtiriladi:

Professor-o’qituvchilar va magistrantlar uchun tashkil etiladi:

Xarid qilinadi:

Faollashtiriladi:

Professor-o’qituvchilarga yordam beriladi:

Loyiha va loyiha yo‘nalishiga oid yangiliklar

7.03.2019

 

Grant shartnoma imzolandi

2019 yil 6 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi va TIQXMMI o'rtasida Akademik innovatsiyalar fondi orqali loyihani moliyalashtirish bo`yicha grant shartnoma imzolandi

4.04.2019

 

“Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi ish boshladi

Traktorlar va avtomobillar kafedrasida Akademik innovatsiyalar fondining umumiy summasi 140000 AQSH dollariga teng bo‘lgan loyihasi ish boshladi, loyiha 2 yil davomida faoliyat yuritadi. Loyiha doirasida kompyuter sinfi ishga tushiriladi, professor o‘qituvchilar uchun uch bosqichli ingliz tili kurslari va xorijiy hamkorlar ishtirokida yangi kurslar bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etiladi, laboratoriya qurilmalari xarid qilinadi. Loyiha AQSHning Devis shahridagi Kaliforniya universiteti, Oklaxoma va Missisipi shtatlari universitetlari va Janubiy Koreyaning Seul milliy universiteti bilan hamkorlik qiladi

 http://tiiame.uz/oz/article/04-04-19

Ingliz tili kurslari haqida

Loyiha tomonidan Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti talabalariga dars beradigan o’qituvchilar uchun tashkil etiladigan ingliz tili kurslarida o’qishni xoxlovchilarni ro’yxatdan otkazish boshlandi. Kurslarda o’qish istagini bildirganlar loyiha ofisida ro’yxatdan o’tishi so’raladi, ro’yxatdan o’tganlar bilan suhbat 6 aprel soat 10.00 dan boshlab V-311 auditoriyada tashkil etiladi   

 27.04.2019

 

Toshkentdagi OTMda Jahon banki moliyalashtirilgan loyihalar ish boshladi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Akademik innovatsiyalar fondining ikkita: «Agrar innovatsiyalar va resurslar» hamda «Xorijiy universitetlardagi innovatsion echimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish» mavzularidagi loyihalari ish boshladi

https://www.xabar.uz/uz/9p0

16.06.2019

 

AQSH universitetlari bilan qishloq va suv xo‘jaligi sohasida hamkorlik rivojlanmoqda

Grant loyiha doirasida loyiha bajaruvchilarini AQSHdagi hamkor universitetlar Missisipi shtati, Oklahoma shtati va Devis shahridagi Kaliforniya universitetlariga tashriflari amalga oshirildi

https://kun.uz/uz/66293274

28.06.2019

 

O‘zbekistonlik bir guruh olimlar AQSH universitetlarida bo‘lishdi

Grant loyiha doirasida AQSH universitetlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida, loyiha bajaruvchilari AQSHning Missisipi shtati, Oklaxoma shtati va Devis shahridagi Kaliforniya universitetlariga tashrif buyurishdi

https://www.xabar.uz/uz/post/ozbekistonlik-bir-guruh-olimlar

3.07.2019

 

AQSHning Djordjiya texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik

Loyiha yordamida Havoning ifloslanishiga ta’sir etuvchi omillar mavzusida taqdimot namoyish etildi.

http://tiiame.uz/oz/article/3-07-19-1

15.07.2019

 

QXM fakulteti talabalari birinchi harakatlanuvchi mashina prototipini tayyorladilar

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti 2 kurs talabalari Traktorlar va avtomobillar kafedrasida to‘garakda yog‘ochdan Leonardo da Vinchi taklif qilgan birinchi harakatlanuvchi mashina prototipini tayyorladilar va uni fakultet dekanatiga taqdim qilishdi

1.08.2019

 

John Deere kompaniyasi TIQXMMI bilan hamkorlikda institutda o‘quv markazini tashkil qildi

http://tiiame.uz/uz/article/jon

7.09.2019

 

AQSHning mashhur kompaniyasi TIQXMMIda o‘quv markazi tashkil qildi

https://edu.uz/uz/news/view/1591

9.09.2019

 

TIQXMMIda John Deere o‘quv markazi ochildi

https://kun.uz/uz/news/2019/09/09/toshkent-irrigatsiya-va-qishloq-xojaligini-mexanizatsiyalash-muhandislari-institutida-john-deere-oquv-markazi-ochildi

20.09.2019

 

O‘quv jarayonlari bevosita ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etiladi

Uzclaasagro qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish sexi hududida Traktorlar va avtomobillar kafedrasi filiali/sinf xonasi tashkil qilindi va talabalar uchun 5+1 sxemasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi

https://edu.uz/uz/news/view/1628

11.10.2019

 

O‘quv jarayonida dala amaliyoti o‘ta muhim

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti talabalari ishlab chiqarish amaliyotini “O‘zagroservis” AJ va hududiy “Agroservis MTP” MCHJ, Quyi Chirchiq tumani “TST Klaster” xorijiy MCHJ korxonalarida o‘tashmoqda

http://tiiame.uz/oz/article/11-10-19-2

22.11.2019

 

Xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

Institutimizda “Agrosanoat majmuasi uchun fan, ta’lim va innovatsiya, muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda

http://tiiame.uz/oz/article/22-11-19-7

29.01.2020

 

CLAAS kompaniyasining rasmiy delegatsiyasining institutga  tashrifi

Traktorlar ishlab chiqish bilan dunyoda nom qozongan CLAAS kompaniyasining rasmiy delegatsiyasi strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun institutimizga tashrif buyurdi

http://tiiame.uz/oz/article/29-01-20-5

24.02.2020

 

Laboratoriya xonasi ishga tushdi

Loyiha doirasida foydalanish, shu jumladan o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlar o‘tkazish, traktorlar gidravlik va elektron tizimlari o‘rganish bo‘yicha vertual laboratoriya ishlarini tashkil qilish maqsadida kompyuterlar bilan jihozlangan laboratoriya xonasi ishga tushirildi

http://tiiame.uz/oz/article/24-02-20-9

7.03.2020

 

AQSH universitetlari bilan hamkorlik doirasi kengaymoqda

Xorijiy hamkor universitetlar bilan yangi grantlar doirasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish uchun Missisipi shtati universiteti bilan 7 yanvar kuni, Oklaxoma shtati universiteti bilan 1 fevral kunlari internet orqali onlayn uchrashuvlar tashkil qilindi

http://tiiame.uz/oz/article/7-03-20AQSH

28.06.2020

 

Ishlab chiqarish amaliyoti samarali o‘tmoqda

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti 3-bosqich talabalari “Ishlab chiqarish texnologik” amaliyotida g‘alla o‘rim-yig‘imi jarayoni va unda qo‘llanilayotgan texnika vositalari ishi bilan yaqindan tanishib, o‘z bilim va malakalarini oshirishmoqda

http://tiiame.uz/oz/article/praktice

3.07.2020

 

“Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi va unda ma’lumotlarni qayta ishlash” kurslari bo‘yicha onlayn seminar

Loyiha doirasida 15-26 iyun kunlari AQSHning Missisipi shtati universiteti professori Ganesh Bora ishtirokida WebEx platformasi orqali “Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi va unda ma’lumotlarni qayta ishlash” kurslari bo‘yicha onlayn seminar o‘tkazildi

http://tiiame.uz/oz/article/23lj

10.08.2020

 

“Traktorlar, avtomobillar va o‘ziyurar mashinalarning elektron jihozlari” kursi bo‘yicha onlayn seminar

Loyiha doirasida 3-7 avgust kunlari AQSHning Oklaxoma shtati universiteti professori Paul Weckler ishtirokida “Traktorlar, avtomobillar va o‘ziyurar mashinalarning elektron jihozlari” kursi bo‘yicha onlayn seminar o‘tkazildi

16.10.2020

 

Qishloq xo‘jaligi klasterida seminar

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti professor-o‘qituvchilari 15-oktyabr kuni John Deere kompaniyasi tashkilotchiligida Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Silverleafe” xorijiy klasterida tashkil qilingan Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish amaliy seminarida ishtirok etishdi

http://tiiame.uz/oz/article/johndeere

20.11.2020

 

Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha xamkorlik seminari

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dilleri «Landtech» ko‘shma korxonasi xamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorlikda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha seminar tashkil etishdi

http://tiiame.uz/oz/article/20-11-20-4

22.01.2021

 

Nazariya va amaliyot yanada uyg‘unlashmoqda

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash hamda Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash fakultetlari talabalari qurilish uchun maxsus texnikalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan “Krantas group” korxonasiga tashrif buyurdilar

http://tiiame.uz/oz/article/22-01-21-4

7.04.2021

 

Loyihani amal qilish muddati uzaytirildi

“Xorijiy universitetlardagi innovatsion echimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasini amal qilish muddati 6 oyga uzaytirildi

16.04.2021

 

Ishlab chiqarish va oliy ta’lim hamkorligi

«O‘zAgroservis» AJ, “O‘zCaseServis” qo‘shma korxonasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti olimlari hamkorligida talabalarga o‘quv jarayonida real holatda ishlash jarayonini ko‘rsatib bera oladigan gorizontal shpindelli zamonaviy “Case” paxta terish mashinasining apparati olib kelindi

http://tiiame.uz/oz/article/16-04-21-9

27.04.2021

 

 “UzCLAASAgro” korxonasida texnologik amaliyot

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari “Uz CLAAS Agro” korxonasida texnologik amaliyotni boshladilar

http://tiiame.uz/oz/article/27-04-21-4

8.05.2021

 

Huawei va TIQXMMI aqlli qishloq xo‘jaligi loyihasini boshlashdi

Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali va TIQXMMI qishloq xo‘jaligi va sug‘orish tizimlari sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imlozadilar

http://tiiame.uz/oz/article/08-05-21-1

10.05.2021

 

"UZ CLAAS SERVICE" QK korxonasi bilan hamkorlik

Professor-o‘qituvchilar UZ CLAAS SERVICE qo’shma korxonasiga tashrif buyurishdi

http://tiiame.uz/oz/article/10-05-21-5

17.05.2021

 

Qishloq xo‘jaligi texnikalariga klinik-servis xizmati

UzCaseServis” qo‘shma korxonasi tomonidan tashkil etilgan seminarda respublika viloyatlaridan soha bo‘yicha raxbar kadrlar, mutaxassislar va fermerlar ishtirok etishdi. Institut professor-o‘qituvchilari xam bu seminarda ishtirok etishdi va zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalariga servis xizmati ko‘rsatish, foydalanish, texnikalardagi talab etiladigan rostlanishlari bo‘yicha fikr almashinildi va tavsiyalar berildi

http://tiiame.uz/oz/article/17-05-21-1

16.08.2021

 

Xorijiy professor ishtirokida seminar tashkil qilindi

AQSH SHimoliy Dakota shtati universiteti professori Tom Bon ishtirokida QXM fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlari uchun “Gidravlik energiyadan foydalanish, traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalari gidravlik tizimlari” nomli kurs bo‘yicha seminar-trening tashkil qilindi

http://tiiame.uz/oz/article/16-08-21-1

25.08.2021

 

UniCEN loyihalari haqidagi amaliy suhbat va hamkorlik

Institutimizga AQSHning Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik dasturi (UniCEN) rahbari Adrian Erlinger tashrif buyurdi

http://tiiame.uz/oz/article/25-08-21-1

16.09.2021

 

Ishlab chiqarish korxonasida 5+1 dasturi asosida dars mashg‘ulotlari boshlandi

QXM fakulteti talabalariga rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari Traktorlar va avtomobillar kafedrasini “UzClaasAgro” QKda joylashgan o‘quv xonasida o‘tkazildi

http://tiiame.uz/oz/article/16-09-21-3

29.09.2021

 

Jonli jarayon va yangicha imkoniyatlar

Institutimizda “Huawei Tech Investment Tashkent” kompaniyasi homiyligida “Aqlli qishloq va suv xo‘jaligi” ko‘rgazma zali, «PETRO TEST AVTO» MCHJ bilan hamkorlikda “Yonilg‘i moylash materiallari laboratoriyasi”, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Agrosanoat ustidan nazorat qilish davlat inspeksiyasi” bilan hamkorlikda maxsus sinf xonasi ishga tushdi

http://tiiame.uz/oz/article/29-09-21-1

30.09.2021

 

Onlayn vebinar qatnashchilariga sertifikatlar topshirildi

AQSH Ayova shtati universiteti bilan amalga oshirilayotgan “Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalari bo‘yicha hamkorlik” loyihasi doirasida 2020-21 o‘quv yili davomida tashkil qilingan onlayn vebinarlarning faol qatnashchilariga sertifikatlar topshirildi.

4.10.2021

 

Loyihani amal qilish muddati uzaytirildi

“Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasini amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.

27.11.2021

 

Kurs yakuni bo‘yicha sertifikatlar topshirildi

Loyiha doirasida tashkil qilingan “Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursini 1-guruhida muvaffaqiyatli malaka oshirgan o‘qituvchi va doktorantlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

10.01.2022

 

Dastur yetkazib berildi

Traktorlar, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik va elektrik tizimlarini o‘qitish uchun dasturiy mahsulot xarid qilish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi. Bir yo‘la 12ta kompyuterda foydalanish uchun dastur Famic Technologies Inc kompaniyasi tomonidan yetkazib berildi.

17.01.2022

 

Loyihani amal qilish muddati uzaytirildi

“Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo‘jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasini amal qilish muddatini 2022 yil 30 iyungacha uzaytirish haqida kelishuvga erishildi.

25.02.2022

 

Kurs yakuni bo‘yicha sertifikatlar topshirildi

Loyiha doirasida tashkil qilingan “Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursini 2-guruhida muvaffaqiyatli malaka oshirgan o‘qituvchi, doktorant va magistrantlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Loyiha bo’yicha e'lonlar

18.03.2019

 

Ingliz tili kurslarida oqishni tashkil qilish va o’qitish bo’yicha tanlov (qiziqishni bildirish uchun so’rov)

Loyiha ajratilgan mablag’ning bir qismini fakultet professor-o’qituvchilari va magistrantlari uchun uch bosqichli ingliz tili kurslarini tashkil qiladigan va o'qitadigan tashkilot/kompaniya yoki konsultant-o'qituvchilar xizmati uchun sarflashni rejalashtirgan.

Yuqorida ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha tenderda ishtirok etishga qiziqish bildirgan nomzodlar, tashkilotlar/kompaniyalar yoki ta'lim muassasalari o’z takliflarini (hujjatlar to'plamini) 2019 yil 2 aprelga qadar muhrlangan konvertda loyiha ofisiga yuborishi yoki topshirishi so’raladi.

Hujjatlar to'plami quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Tashkilotlar/kompaniyalar uchun:

• tashkilot haqida ma'lumot (nizom, tashkilot faoliyati, ingliz tili kurslarini tashkil etish bo'yicha tajriba, kurslarni o'tkazish rejalari)

• o'qituvchilar haqida ma'lumot (CV, diplom va sertifikatlar nusxalari, kurslarda o’qitish rejalari)

Konsultant o'qituvchilar uchun:

• kurslarni o'qitadigan konsultant o'qituvchi haqida malumot (ingliz tili kurslarini tashkil etish tajribasi, CV, diplom va sertifikat nusxalari, kurslarni o'tkazish rejalari)

Quyida kurslarni namunaviy grafigi va darslarni o’tkazish rejasi keltirilgan

20.03.2019

 

Loyiha texnik koordinatori yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilish bo’yicha konkurs (qiziqishni bildirish uchun so’rov)

Loyiha ajratilgan mablag’ning bir qismini loyiha texnik koordinatori yordamchisi lavozimida ishlovchi konsultant xizmatlari uchun sarflashni rejalashtirgan. Bu lavozimda ishlaydigan nomzod

Konkursda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar 2019 yil 30 aprelgacha hujjatlarni (malumotnoma/CV, pasport, diplom va sertifikatlar nusxalari) loyiha ofisiga yuborishi yoki shaxsan topshirishi so’raladi.

Qiziqish bildirgan nomzodlar telefon orqali yoki ofisga kelib qo’shimcha malumotlar olishi mumkin

4.04.2019

 

 “Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasidagi ingliz tili kurslari

http://tiiame.uz/oz/ad/04-04-19-1

5.04.2019

 

“Xorijiy universitetlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi ish boshladi

http://tiiame.uz/oz/ad/5-04-19-11

Ingliz tili kurslariga professor o’qituvchilar va xodimlarni taklif etamiz

http://tiiame.uz/oz/ad/5-04-19-12

25.04.2019

 

Loyiha doirasida ingliz tili kurslarini tashkil qilish bo’yicha talim muassasasi aniqlandi

Loyiha doirasida tashkil etiladigan ingliz tili kurslarida dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun e’lon qilingan tanlovda 4 ta nodavlat ta’lim muassasalari va 1 ta xorijiy korxona MChJ o‘z takliflari bilan ishtirok etdilar. Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan tushgan takliflar atroflicha o‘rganilib professor-o‘qituvchilarga ingliz tili kurslarini tashkil qilish va dars mashg‘ulotlarini olib borishda hamkorlik qilish uchun «Easy Talk» nodavlat ta’lim muassasasi tanlab olindi

http://tiiame.uz/oz/ad/25-04-19-13

Loyiha doirasida ingliz tili kursida o’qish uchun tanlab olingan professor-o’qituvchilar va xodimlar ro’yxati

http://tiiame.uz/oz/ad/25-04-19-14

26.04.2019

 

Loyiha texnik koordinatori yordamchisi lavozimi bo‘yicha tanlov natijasi

Loyiha texnik koordinatori yordamchisi lavozimiga 6 ta nomzod qiziqish bildirib tanlovga hujjatlarini topshirdilar. Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan nomzodlar hujjatlarini atroflicha o‘rganish, shuningdek ular bilan suhbat natijalariga ko‘ra texnik koordinator yordamchisi lavozimiga “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ xodimlari Ravshan Botirov va Alisher Murodullaev tavsiya qilindi

17.06.2019

 

Loyiha doirasida Beginner-1 ingliz tili kursini muvaffaqiyatli tugatgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Beginner-2 darajasidagi kurs mashg‘ulotlari boshlandi

5.08.2019

 

Loyiha doirasida Beginner-2 ingliz tili kursini muvaffaqiyatli tugatgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Elementary-1 darajasidagi kurs mashg‘ulotlari boshlandi

4.10.2019

 

Loyiha doirasida Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi kurslari bo‘yicha  trening o‘tkazish uchun konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/4-10-19-11

8.10.2019

 

Ingliz tili kurslarida o‘qishni xoxlovchilar diqqatiga

Loyiha doirasida tashkil etiladigan Elementary-2 darajali ingliz tili kurslariga professor o‘qituvchilar va magistrantlar taklif etiladi, kurslardagi tinglovchilar soni chegaralangan

http://tiiame.uz/oz/ad/8-10-19-12

14.10.2019

 

Loyiha doirasida Elementary-1 ingliz tili kursini muvaffaqiyatli tugatgan va qo‘shimcha tanlab olingan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Elementary-2 darajasidagi kurs mashg‘ulotlari boshlandi

Loyiha doirasida Traktorlar va QXM gidravlik va elektron jihozlari kurslari bo‘yicha trening o‘tkazish uchun konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/14-10-19-11

7.01.2020

 

Ingliz tili kurslarida o‘qishni xoxlovchilar diqqatiga!

Loyiha doirasida tashkil etiladigan Pre-intermediate-1 darajali ingliz tili kurslariga professor o‘qituvchilar va magistrantlar taklif etiladi, kurslardagi tinglovchilar soni chegaralangan

http://tiiame.uz/oz/ad/7-01-2020-1

13.01.2020

 

Loyiha doirasida Elementary-2 ingliz tili kursini muvaffaqiyatli tugatgan va qo‘shimcha tanlab olingan professor-o‘qituvchilar va magistrantlar uchun Pre-intermediate-1 darajasidagi kurs mashg‘ulotlari boshlandi

9.06.2020

 

“Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi va unda ma’lumotlarni qayta ishlash” kurslari bo‘yicha WebEx platformasi orqali onlayn seminar

Loyiha doirasida Missisipi shtati universiteti professori Ganesh Bora ishtirokida “Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi va unda ma’lumotlarni qayta ishlash” kurslari bo‘yicha WebEx platformasi orqali onlayn seminar tashkil etilmoqda

http://tiiame.uz/oz/ad/09-06-20-1

2.08.2020

 

“Traktorlar, avtomobillar va o‘ziyurar mashinalarning elektron jihozlari” kursi bo‘yicha Zoom platformasi orqali onlayn seminar

Loyiha doirasida Oklahoma shtati universiteti professori Paul Weckler ishtirokida “Traktorlar, avtomobillar va o‘ziyurar mashinalarning elektron jihozlari” kursi bo‘yicha Zoom platformasi orqali onlayn seminar tashkil etilmoqda

http://tiiame.uz/oz/ad/freecours

9.09.2020

 

Qishloq xo‘jaligi injenerligi sohasida AQSHning yetakchi Ayova shtati universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

http://tiiame.uz/oz/ad/09-09-20-11

3.11.2020

 

Ingliz tili kurslarida o‘qishni xoxlovchilar diqqatiga

Loyiha doirasida tashkil etiladigan Pre-intermediate-2 darajali ingliz tili kurslariga professor o‘qituvchilar va magistrantlar taklif etiladi, kurslardagi tinglovchilar soni chegaralangan

http://tiiame.uz/oz/ad/Pre-intermediate

23.11.2020

 

Loyiha doirasida Pre-intermediate-1 ingliz tili kursini muvaffaqiyatli tugatgan va qo‘shimcha tanlab olingan professor-o‘qituvchilar va magistrantlar uchun Pre-intermediate-2 darajasidagi kurs mashg‘ulotlari boshlandi

14.12.2020

 

Ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi bilan bog‘liq so‘rov o‘tkazish va shu asosda tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/14-12-20-11

29.12.2020

 

Ta’lim yo‘nalishining “Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarining elektr va elektron jihozlari” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/29-12-20-13

Ta’lim yo‘nalishining “Uchuvchisiz uchish vositalari va global navigatsion tizimlar” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/29-12-20-14

8.01.2021

 

Konsultant xizmatlari bo‘yicha tanlov natijasi

Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan tushgan takliflar atroflicha o‘rganilib, o‘quv rejasi bilan bog‘liq so‘rov o‘tkazish va shu asosida tavsiyalar ishlab chiqish uchun, konsultant-maslahatchi sifatida Uzcaseservis QK xodimi SHuxrat Mirkarimov tanlab olindi

http://tiiame.uz/oz/ad/08-01-21-11

19.01.2021

 

Konsultant xizmatlari bo‘yicha tanlov natijasi

Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan ta’lim yo‘nalishining “Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalarining elektr va elektron jihozlari” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tushgan takliflarni atroflicha o‘rganilib, konsultant-maslahatchi sifatida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Transport vositalari muhandisligi kafedrasi dotsenti Buronov SH.E. tanlab olindi  

Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan ta’lim yo‘nalishining “Uchuvchisiz uchish vositalari va global navigatsion tizimlar” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tushgan takliflarni atroflicha o‘rganilib, konsultant-maslahatchi sifatida Toshkent davlat transport universiteti Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti dekani Abdujabarov N.A. tanlab olindi 

19.03.2021

 

Professor-o‘qituvchilar uchun “Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursini tashkil qilish va dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/19-03-2021-1

5.04.2021

 

Konsultant xizmatlari bo‘yicha tanlov natijasi

Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun “Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursini tashkil qilish va dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun konsultant xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tushgan takliflarni atroflicha o‘rganilib, konsultant-o‘qituvchi sifatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Informatika asoslari kafedrasi tayanch doktoranti Muxamadiev S.I. tanlab olindi

6.04.2021

 

Laboratoriya stendi sotib olish uchun konkurs

Loyiha dizel dvigatellarining Common Rail yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi injektorlarini tekshirish uchun laboratoriya stendi yetkazib berish bo‘yicha konkursda qatnashish uchun tashkilotlar/kompaniyalarni qiziqishlarini bildirishga taklif qiladi

http://tiiame.uz/oz/ad/06-04-21-20

https://tenderweek.com/tender-25925

9.04.2021

 

Traktorlar, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik va elektrik tizimlarini o‘qitish uchun dasturiy mahsulot xarid qilish bo‘yicha konkurs

http://tiiame.uz/oz/ad/09-04-21-15

https://tenderweek.com/tender-25926

27.04.2021

 

Traktorlar, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik va elektrik tizimlarini o‘qitish uchun dasturiy mahsulot xarid qilish bo‘yicha konkurs natijasi

Dasturiy mahsulot yetkazib berish bo‘yicha konkursga 1 dona taklif kelib tushganligi sababli texnik talablarni qayta qo‘rib chiqib, dasturiy mahsulot bo‘yicha xaridni amalga oshirish uchun qayta konkurs e’lon qilish taklif qilindi

2.06.2021

 

"Gidravlik energiyadan foydalanish, traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalari gidravlik tizimlari" kursini tashkil qilish va olib borish bo‘yicha xalqaro konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/02-06-21-16

"Gidravlik energiyadan foydalanish, traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalari gidravlik tizimlari" kursini tashkil qilish va olib borish bo‘yicha xalqaro konsultant xizmatlari (muddatini uzaytirish)

http://tiiame.uz/oz/ad/10-06-21-15

https://tenderweek.com/tender-26208

7.07.2021

 

Traktorlar, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik va elektrik tizimlarini o‘qitish uchun dasturiy mahsulot xarid qilish bo‘yicha konkurs (takroran)

http://tiiame.uz/oz/ad/07-07-21-7

https://tenderweek.com/tender-26439

Ta’lim yo‘nalishining “Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi asoslari va vositalari” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/07-07-21-8

https://tenderweek.com/tender-26440

8.07.2021

 

Xorijiy konsultant xizmatlari bo‘yicha tanlov natijasi

Loyihasi doirasida tashkil qilinadigan “Gidravlik energiyadan foydalanish, traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalari gidravlik tizimlari” nomli kursda dars mashg‘ulotlari olib borish bo‘yicha xalqaro konsultant xizmatlari uchun e’lon qilingan tanlovda AQSH universitetlarining 2 nafar professori o‘z takliflari bilan ishtirok etdilar. Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan tushgan takliflar atroflicha o‘rganilib xorijiy konsultant sifatida SHimoliy Dakota shtati universiteti professori Thomas Bon tanlab olindi

http://tiiame.uz/oz/ad/08-07-21-3

19.07.2021

 

Laboratoriya stendi sotib olish uchun konkurs natijasi

Dizel dvigatellarining Common Rail yonilg‘i bilan ta’minlash tizimi injektorlarini tekshirish uchun laboratoriya stendi yetkazib berish bo‘yicha konkursga jami 4 ta taklif kelib tushgan. Taklif bergan ENTERPRISE MCHJ, DIESEL TRADE MCHJ, TRADEUZ-TECHNO XK, HIMLABPRIBOR MCHJ takliflari mutaxassislar ishtirokida, loyiha tomonidan stend va butlovchi jihozlar uchun ishlab chiqilgan texnik talablar ko‘rsatkichlariga solishtirilgan holda batafsil o‘rganildi. Takliflarni o‘rganish jarayonida takliflarni to‘liq baholashga  kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olish uchun XK va MCHJlar bilan elektron pochta orqali aloqa qilindi va yetkazib berish rejalashtirilgan stendlar haqida tegishli vebsaytlarda mavjud ma’lumotlardan foydalanildi.

Laboratoriya sinov stendi va butlovchi jihozlar yetkazib berish bo‘yicha olingan takliflarni o‘rganish natijalarini e’tiborga olgan holda Rossiya Federatsiyasining DIESEL TRADE MCHJ taklifi eng maqbul deb hisoblandi, bu MCHJ va institut o‘rtasida stend va butlovchi jihozlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish tavsiya qilindi

9.08.2021

 

Traktorlar, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik va elektrik tizimlarini o‘qitish uchun dasturiy mahsulot xarid qilish bo‘yicha konkurs natijasi

Dasturiy mahsulotni yetkazib berish uchun o‘tkazilgan takroriy konkursda ham faqat bitta kompaniyadan taklif olingan. Taklif qilinayotgan dasturiy mahsulot so‘ralgan texnik talablarga mosligi va loyihada rejalashtirilgan xaridlarni amal oshirish zarurligidan kelib taklif bergan Kanadaning Famic Technologies Inc kompaniyasi bilan shartnoma tuzish tavsiya qilindi

5.10.2021

 

“Kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish” kursida o‘qishni xoxlovchilar diqqatiga!

http://tiiame.uz/oz/ad/05-10-21-11

18.10.2021

 

Konsultant xizmatlari bo‘yicha tanlov natijasi

Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan ta’lim yo‘nalishining “Traktorlar, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik tizimlari” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tushgan takliflarni atroflicha o‘rganilib, konsultant-maslahatchi sifatida Toshkent davlat texnika universiteti katta o‘qituvchisi Irisov X.D. tavsiya qilindi.  

Loyihaga konsultantlarni tanlash va jalb qilish guruhi tomonidan ta’lim yo‘nalishining “Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi asoslari va vositalari” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tushgan takliflarni atroflicha o‘rganilib, konsultant-maslahatchi sifatida Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali kafedrasi mudiri Ochildiev O.SH. tavsiya qilindi.  

27.11.2021

 

Laboratoriya qurilmalari xarid qilish bo‘yicha tanlov

Loyiha “Termodinamika va issiqlik uzatish asoslari” fani uchun laboratoriya qurilmalari yetkazib berish bo‘yicha konkursda qatnashish uchun tashkilotlar/kompaniyalarni qiziqishlarini bildirishga taklif qiladi

https://tiiame.uz/oz/content/laboratoriya-jihozlari-xarid-qilish-boyicha-tanlov

https://tenderweek.com/tender-27199

9.12.2021

 

Fizik tizimlarni modellashtirish onlayn kursi

Ayova shtati universiteti professori Brian Steward tomonidan 2021 yil 6 dekabr – 2022 yil 28 fevral oralig‘ida Physical Modeling of Dynamic Systems nomli kurs bo‘yicha onlayn darslar o‘tkaziladi. Kurs ASHUning Canvas learning management tizimi orqali olib boriladi. Kursda qishloq xo‘jaligi injenerligida fizik tizimlarni modellashtirishda Modelica dasturidan foydalanishga batafsil to‘xtaladi. Kursni aktiv qatnashchilari kurs yakunida sertifikat bilan taqdirlanadi. Kursga 90 321 3437 telegram raqami orqali yozilish mumkin.

https://tiiame.uz/oz/content/elon-0

24.01.2022

 

Laboratoriya qurilmalari yetkazib berish bo‘yicha tanlov natijasi

Loyiha “Termodinamika va issiqlik uzatish asoslari” fani uchun laboratoriya qurilmalari yetkazib berish bo‘yicha tanlovga jami 2 ta taklif kelib tushgan. Taklif bergan "UchTexTranzit" va "TRIMBIRT" MCHJ takliflari mutaxassislar ishtirokida, laboratoriya qurilmalari uchun ishlab chiqilgan texnik talablar ko‘rsatkichlariga solishtirilgan holda batafsil o‘rganildi. Takliflarni o‘rganish jarayonida takliflarni to‘liq baholashga  kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olish uchun MCHJlar bilan elektron pochta orqali aloqa qilindi va yetkazib berish rejalashtirilgan stendlar haqida tegishli vebsaytlarda mavjud ma’lumotlardan foydalanildi.

Laboratoriya qurilmalari yetkazib berish bo‘yicha olingan takliflarni o‘rganish natijalarini e’tiborga olgan holda Rossiya Federatsiyasining "TRIMBIRT" MCHJ taklifi eng maqbul deb hisoblandi, bu MCHJ va universitet o‘rtasida laboratoriya qurilmalari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish tavsiya qilindi.

25.01.2022

 

Deklarant  xizmatlari ko‘rsatish uchun tanlov

Loyiha tashkilotlar/kompaniyalarni xorijdan xarid qilingan laboratoriya stendi va butlovchi jihozlarni bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish bo‘yicha deklarantlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun qiziqishlarini bildirishga taklif qiladi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan tashkilotlar/kompaniyalar 2022 yil 8 fevralgacha takliflarni elektron shaklda yuborishi yoki shaxsan loyiha ofisiga topshirishi so‘raladi. Qiziqish bildirgan tashkilotlar/kompaniyalar telefon orqali yoki ofisga kelib qo‘shimcha ma’lumotlar olishi mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarining “Traktorlar, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarining gidravlik tizimlari” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov)

http://tiiame.uz/oz/ad/05-10-21-12

https://tenderweek.com/tender-26914

Ta’lim yo‘nalishining “Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi asoslari va vositalari” fani uchun o‘quv materiallari ishlab chiqish bo‘yicha konsultant xizmatlari (qiziqishni bildirish uchun so‘rov) (takroran)

http://tiiame.uz/oz/ad/05-10-21-13

https://tenderweek.com/tender-26915

Loyiha ofisi manzili

TIQXMMI, V o'quv binosi, V-306, V-310 xonalar

Tel.: 998 71 237 2534

E-mail: aif-agr-eng@tiiame.uz