O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvi agentligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan 2022-yilgi ta’lim grantlari dasturi e’lon qilingan. Ushbu grant dasturi doirasida o‘qish uchun Xitoyning qator yetakchi OTMlaridan 37 ta magistratura va 1 ta doktorantura dasturlari taklif qilinmoqda.
Ta’lim dasturlarining aksariyati ish tajribasiga ega (asosan kamida 3 yillik) talabgorlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu grant dasturi to‘g‘risidagi xabarni OTMdagi yosh professoro‘qituvchilarga, OTM ma’muriyati xodimlariga hamda tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil oluvchi talabalarga yetkazishingizni so‘raymiz.
Ma’lumot uchun: Talabgorlar onlayn hujjat topshirish jarayonini o‘zlari mustaqil tarzda 4-mayga qadar yakunlashlari lozim.
Talabgorlar bo‘lgan taqdirda, tavsiya etilganlar ro‘yxatini (MOFCOM Scholarship Recommendation List) hamda ularning arizalarini (Application Form) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuborish lozim (el. pochta – xab@edu.uz). Muddat – joriy yil 4-may.