Koreyada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon
2026-yil bahor faslida Koreya Respublikasining Yongnam universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon
Yongnam universiteti tomonidan mazkur stipendiya dasturi doirasida quyidagi uchta
asosiy ta’lim yo‘nalishlari taklif qilinmoqda:
- Semaul va xalqaro rivojlanish;
- Davlat siyosati va yetakchilik;
- Barqaror rivojlanish.
Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari rahbariyati,
o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari
va muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida tanlab
olinadilar.
Dastur doirasida stipendiya sovrindorlari o‘qish to‘lovidan to‘liq ozod qilinadi hamda
12 oy davomida har oy stipendiya oladilar.
Ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur
hujjatlarni ilova qilgan holda, 2025-yil 17-oktabrga qadar https://psps.yu.ac.kr havolasi
orqali on-line tarzda taqdim etishlari kerak.
Mazkur dastur to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot uchun http://psps.yu.ac.kr,
http://www.yu.ac.kr/english/index.do elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkin.