GDCAU loyihasi

Loyiha nomi: MARKAZIY OSIYO UNIVERSITETLARI UCHUN YASHIL BITIM

Loyiha qisqartmasi: GDCAU
Loyihaning umumiy qiymati 800 000 yevro bo‘lib, shundan 60 000 yevro TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga ajratilgan.

GDCAU loyihasi Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlaridan 13 ta davlat va xususiy universitetlarning yangi hamkorligini taklif etadi. Loyiha doirasida universitetlar Yashil kelishuv (Green Deal) doirasidagi texnologik, madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlariga aylanishi ko‘zda tutilgan.

GDCAU quyidagi 4 ta strategik maqsad orqali tanlovning barcha maqsadlariga hissa qo‘shadi:

  1. Ishtirokchi universitetlar salohiyatini mustahkamlash hamda Yashil kelishuv kun tartibini aks ettiruvchi strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash;

  2. Atrof-muhit barqarorligi sohasida yetarli bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislarni tayyorlash;

  3. Yashil kun tartibini amalga oshirishda kompaniyalarga ko‘maklashish uchun universitetlar va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

  4. Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va ularning ijtimoiy ta’sirini oshirish maqsadida
    Ta’lim, tadqiqot, innovatsiya va jamoatchilik bilan ishlashga asoslangan “Yashil Kelishuv Markazi” (GDCentre) tashkil etish.

Ushbu maqsadlarga quyidagi faoliyatlar orqali erishiladi:

  • bilimlarni yig‘ish va almashish

  • qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish

  • xodimlar tayyorlash

  • raqamli va jismoniy mobillik dasturlari

  • kompaniyalar uchun maslahat xizmatlari

  • kommunikatsiya va tadbirlar

  • strategik rejalashtirish

  • korxona bazasida o‘qitish

  • o‘quv dasturlar va strategiyalarni birgalikda ko‘rib chiqish

  • ko‘nikmalarni baholash

Kutilayotgan natijalar:

  • Markaziy Osiyo universitetlarining Yashil kun tartibini ilgari surishdagi faol ishtiroki

  • takomillashtirilgan va yangi o‘quv dasturlari

  • yangilangan strategiyalar va boshqaruv amaliyotlari

  • Yashil kelishuv sohasida xalqaro bilim almashuvi va tarqatilishi uchun platforma

  • universitetlar va kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi

Loyihadan foyda oluvchi shaxslar soni (taxminiy):

  • Bakalavriat va magistratura talabalari – 10 000

  • Qayta tayyorlash (davomiy ta’lim) dasturlaridagi talabalar – 3 000

  • O‘qituvchilar va texnik xodimlar – 200

  • Kompaniyalar rahbariyati – 100

  • Umumiy jamoatchilik va ekologik tashkilotlar vakillari – 50 000 (GDCentre faoliyatida ishtirok etuvchilar)




Konsorsium quyidagi universitet va tashkilotlarni o‘z ichiga oladi:

  • Constructor University Bremen (Germaniya) – Konsorsium koordinatori

  • Slovak Qishloq Xo‘jaligi Universiteti, Nitra (Slovakiya)

  • Eurasian Technological University, Olmaota (Qozog‘iston)

  • Karaganda Industrial University, Temirtau (Qozog‘iston)

  • Donau-Universität Krems (Avstriya)

  • Bishkek State University (Qirg‘iziston)

  • Yagshygeldi Kakayev nomidagi Neft va Gaz Xalqaro Universiteti (Turkmaniston)

  • ABA Annayew Akademiyasi, Arkadag shahri (Turkmaniston)

  • Khorog State University (Tojikiston)

  • Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (O‘zbekiston)

  • TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti (O‘zbekiston)

  • University of Central Asia – Naryn (Qirg‘iziston)

  • University of Central Asia – Khorog (Tojikiston)

  • Green Investment Group LLP (Qozog‘iston) – Hamkor tashkilot

  • Toshkent shahar Ekologiya partiyasi – Hamkor tashkilot

  • AIFC Green Finance Centre Ltd (Qozog‘iston) – Hamkor tashkilot

     

    TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetidagi bog‘lanish uchun shaxs

    Sherzod Raxmonov
    Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
    Email: sherzod.rakhmonov@gmail.com

     

  • alt-images