Faoliyati
XALQARO HAMKORLIK BO‘LIMI
Xalqaro hamkorlik bo‘limi institut faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy bo‘limlardan biri bo‘lib, TIQXMMI nomidan uning ravnaqi, missiyasi va asosiy maqsadlari yo‘lida barcha yo‘nalishlarda xorijiy mamlakatlardagi va O‘zbekistonda joylashgan xorijiy mamlakatlarning turli tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan faoliyatlarni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi. Xalqaro hamkorlik faoliyati keng qamrovli bo‘lib o‘z ichiga strategik va joriy tezkor tadbirlar majmuasini qamrab olgan holda institutni etakchi xorij universitetlari va tashkilotlari bilan bog‘lab beruvchi rasmiy bo‘g‘in hisoblanadi. Xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, turli biznes sohalari tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash, ta’lim va ilmiy dasturlarni rivojlantirish, talabalar va professor o‘qituvchilar jamoasini internatsionallashtirish, talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlar va loyixalarni tashkil etish, professor o‘qituvchilarni malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, ilg‘or xorijiy muassalarning etuk mutaxassislarini institutning o‘quv va ilmiy jarayoniga jalb etish, institutning moddiy texnika va o‘quv-ilmiy laboratoriya bazasini modernizatsiya qilishni tashkil etish, institutdagi mavjud o‘quv va ilmiy-texnik salohiyatni yanada rivojlantirishga sharoitlar yaratish kabi yo‘nalishlar xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari doirasiga kiradi. Xalqaro hamkorlik bo‘limiga hozirda d-r Sh.Raxmonov boshchilik qiladi. Bo‘lim o‘z faoliyatini xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor rahbarligida olib boradi.
Bugungi kunda TIQXMMIda xorijiy xamkorlar bilan tuzilgan va ayni paytda amalda bo‘lgan jami 87 ta shartnoma va memorandumlar mavjud bo‘lib, ular Evropaning etakchi mamlakatlari, AQSh, Rossiya, Osiyoning rivojlangan davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ilg‘or muassalar bilan tuzilgan. Hozirda TIQXMMIda umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollari va 700 mln Evroga yaqin bo‘lgan jami 23 ta xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. TIQXMMIda 4 ta mutaxassislik bo‘yicha ikki tomonlama diplom beruvchi xalqaro qo‘shma magistratura va xalqaro qo‘shma doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, xar yili xorijning etakchi universitetlaridan 30 nafardan ortiq professorlari institut o‘quv va ilmiy jarayoniga jalb etilgan. Institutda Xitoy, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Germaniya, Kolumbiya, Afg‘oniston Janubiy Koreya kabi mamlakatlardan talabalar tahsil olmoqdalar. Har yili institutning 100 nafardan ortiq professor o‘qituvchi va talabalar rivojlangan mamlakatlarning universitet va tashkilotlariga malaka oshirish hamda stajirovka o‘tab kelishlari tashkil etilmoqda.