SUSADICA

SUSADICA (Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish” doktorantura (PhD) maktabi dasturi

  • Innovatsion strukturlashtirilgan doktorantura,
  • dastur TIQXMMIda tadbiq etilmoqda
  • nemis va xalqaro sheriklar bilan birgalikda tashkil yetilgan va tadbiq kelinmoqda;
  • dastur Volksvagen Jamg‘armasi (Volkswagen Foundation), Germaniya va O‘zbekiston hukumati tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Dastur Markaziy Osiyodagi boshqa fanlar va universitetlar uchun doktorlik ta’limi, xalqaro tarmoqlar va akademik natijalarning yuqori standartlari uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqchi.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari:

  1. SUSADICA strukturaviy doktorantura dasturi davomida Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi barqaror rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or metodologik ilmiy tadqiqot ishlari qilinadi.
  2. Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi barqaror rivojlanishida ilmiy ish qilayotgan tadqiqotchilarning salohiyatini oshiradi.
  3. Doktorantura maktabi Markaziy Osiyo va Yevropa olimlari va talabalarini birlashtiruvchi platforma yaratish orqali qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy bilimlar olimlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytiradi.
  4. Markaziy Osiyo tadqiqotchilarinig akademik faoliyatining rivojlanishini taminlaydi.
  5. Ushbu maktab boshqa universitetlar va yo‘nalishlarga yuqori darajadagi talim standarti, xalqaro hamkorlik va akademik natijalari bilan yaxlit model sifatida namuna bo‘ladi.

Mustaqil izlanishlarni amalga oshirish uchun tuzilgan ta’lim

  • Doktorantlar uchun modulli va strukturlashtirilgan o‘quv dasturini taqdim yetish
  • Erta yoshdagi ilg‘or tadqiqotchilarni o‘qitishga kiritish
  • O‘qituvchilarga kurs va treninglar o‘tkazish
  • O‘zbekistonda mavjud doktorantura dasturlari bilan xamkorlikda ishlash

10 doktorantlar quydagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boryaptilar:

  • fermer xo‘jaliklari restruktrizatsiyasi va mehnat munosabatlari
  • qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar
  • agrar siyosat
  • atrof-muhit o‘zgarishining qishloq xo‘jaligi ta’siri
  • suv resurslarini boshqarish

Germaniyadagi partnerlar:

  1. Justus-Liebig-University Giessen (JLU)
  2. Leibniz Institute of Agricultural Development in Transition Economies (IAMO)
  3. Martin Luther University Halle Wittenberg (MLU)

 

SUSADICA Dastur Direktori:

Prof. Dr. Martin Petrik

Qishloq xo‘jalik politikasi va bozor tadqiqoti instituti

Yustusa-Libig Universiteti, Gissen

Senckenbergstraße 3

35390 Gissen

Telefon: +49-641-99 37033

El. pochta: martin.petrick@agrar.uni-giessen.de

Internet: http://www.uni-giessen.de/fbz/zentren/zeu/Team/Professors/Martin_Petrick

 

SUSADICA Dastur Koordinatori:

Dr. Nozilaxon Muxamedova

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI)

Kari Niyozov ko‘chasi, 39

100000 Tashkent, Uzbekistan

Telefon: (+99899) 4058505

El. pochta: Nozila.Mukhamedova@agrar.uni-giessen.de

Veb-sayt: http://tiiame.uz

Facebook saxifasi: @susadica

Telegram kanali: https://t.me/SUSADICA_in_TIIAME