"Erasmus+ NICOPA loyihasi"
Loyihaning raqami (agar mavjud bo‘lsa): «597985-EPP-1-2018-1-KZ-EPPKA2-CBHE-JP»
Ariza beruvchi tashkilot: Seyfullin Qozoq Agrotexnika universiteti
Maqsad: yangi texnologiyalar (geografik axborot tizimi (GAT), katta ma’lumotlar, masofadan zondlash) yordamida aniq (raqamli) qishloq xo‘jaligida o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish
Loyihaning Vazifalari:
- Muammoni va ishni tahlil qilish orqali aniq (raqamli) qishloq xo‘jaligida ta’lim ehtiyojlarini tahlil qilish va joriy o‘quv dasturlarini ko‘rib chiqish.
- Aniq qishloq xo‘jaligi bo‘yicha joriy o‘quv dasturlarini yangilash.
- Yevropa kredit transfer tizimi (EKTT) ni o‘z ichiga olgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, joriy etish va akkreditatsiyadan o‘tkazish.
Loyihadan kutilayotgan natijalar:
- Hozirgi aniq (raqamli) qishloq xo‘jaligiga oid o‘quv dasturlarini tahlil qilish yo‘li bilan o‘rganish.
- Yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni o‘z ichiga olgan bakalavriatura va magistratura o‘quv rejalari uchun o‘qitish strategiyasi va qo‘llanmasi to‘g‘risidagi kelishuv.
- Innovatsion o‘qitish vositalarini o‘z ichiga oladigan yangi boshlang‘ich o‘quv rejalari va transferli modullar to‘plami.
- Bologna talablariga va yangi ishlanmalarga muvofiq aniq (raqamli) qishloq xo‘jaligidagi joriy ikki davr o‘quv reja va dasturlarini yangilash.
- YeKTTni o‘z ichiga olgan ishlab chiqilgan, joriy etilgan va akkredisyalangan yangi amaliyotga yo‘naltirilgan, talabaga yo‘naltirilgan va transferli o‘quv dasturlari.
Hamkor davlat oliy ta’lim muassasalarini mehnat bozoriga yaqinlashtirish. Innovatsion o‘quv jihozlari bilan bir qatorda: yangi jihozlangan PAL laboratoriyasi, VCR xonasi, aniq (raqamli) qishloq xo‘jaligi ma’lumotlaridan foydalanuvchi PASO xizmat ko‘rsatish bo‘limi. Oliy ta’lim uchun Yevropa modernizatsiyalash masalalarini e’tiborga olgan holda mazmunga, kelishilgan strukturaga, yangi o‘qitish strategiyasiga va yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan bo‘lishi umuman olganda ko‘zda tutilgan ta’sirga aylanadi.
Loyiha davomida kutilayotgan tadbirlar rejasi:
- ta’lim ehtiyojlari bo‘yicha mavjud o‘quv dasturlarini tahlil qilish va yangilash.
- sohadagi yangi yutuqlar, mehnat bozori talablari va Boloniya jarayoni bo‘yicha yangi sertifikatlangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.
Amalga oshirish davri: 15.11.2018 – 14.11.2021 yy.
Taqdim etilgan grant miqdori: 999 847 Yevro, shu jumladan TIQXMMIga 68 604 Yevro
NICOPA konsorsiumini 16 hamkor tashkilot tashkil etadi. Hamkorlarning tajriba, ko‘nikmalari va ishbilarmonliklari loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga asos bo‘ladi.
Loyihaning hamkorlari:
Hamkor |
Tashkilot nomi |
Akronim |
Shahar / Mamlakat |
P1 |
Saken Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnika universiteti |
KazATU (Koordinator) |
Ostana / Qozog‘iston |
P2 |
TUB |
Berlin/Germaniya |
|
P3 |
Plovdiv qishloq xo‘jalik universiteti |
AU |
Plovdiv, Bolgariya |
P4 |
ČZU |
Praga, Chexiya |
|
P5 |
Kosmik texnologilarni boshqarish va injenering konsalting byurosi (ECM space technologies GmbH) |
ECM |
Berlin/Germaniya |
P6 |
KDU |
Kokchetov / Qozog‘iston |
|
P7 |
M. Kozыbaev nimidagi Shimoliy Qozog‘iston davlat universiteti |
ShQDU |
Petropavlovsk / Qozog‘iston |
P8 |
S. A. Niyazov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti |
TQXU |
Ashxobod / Turkmaniston |
P9 |
Turkmaniston davlat arxitektura-qurilish instituti |
TDAQI |
Ashxobod / Turkmaniston |
P10 |
Turkmaniston qishloq xo‘jaligi instituti |
TQXI |
Dashovuz / Turkmaniston |
P11 |
O‘zMU |
Toshkent / O‘zbekiston |
|
P12 |
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
TATU |
Toshkent / O‘zbekiston |
P13 |
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti |
TIQXMMI |
Toshkent / O‘zbekiston |
P14 |
Ostana / Qozog‘iston |
||
P15 |
Toshkent / O‘zbekiston |
||
P16 |
Ashxobod / Turkmaniston |
Loyihaning TIQXMMIdagi koordinatori: Ilxom Abduraxmanov, “Erdan foydalanish” kafedrasi “Geoinformatika” ixtisosligi tayanch doktoranti
- telefon: +998712371909 (ish); +998977703311 (mobil)
- email: ilhom.isakovich@gmail.com
Loyihaning organigrammasi:
Qo‘shimcha ma’lumotni ushbu havoladan olishingiz mumkin.