Koreya hamkorlik agentligi uzoq muddatli magistirlik dastur (koica) doirasida koreya universitetlarida tahsil olish dasturni e`lon qiladi
Uzoq muddatli magistirlik dasturi (koica) doirasidagi universitetlar:
- Qishloq xo'jaligi yo`nalishi bo`yicha KOICA-Kyungpook universiteti;
- Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti yo`nalishi bo`yicha KOICA- Kangvon universiteti;
- Energetika fani va siyosati yo`nalishi bo`yicha KOICA-Aju universiteti;
- Suv resurslarini boshqarish yo`nalishi bo`yicha KOICA-Sungkyunkvan universiteti;
- Qishloq xo'jaligi muhandisligi yo`nalishi bo`yicha KOICA- Kangvon universiteti;
Dastur bo`ylicha qo`shimcha ma`lumotlar:
-Ishtirokchilar soni har bir davlat uchun: har bir dastur bo`yicha 2 nafar;
-Nomzodlar soni: har bir dastur bo`yicha 6 nafar (dasturning umumiy soni 17 ta);
-Ishtirokchilar uchun hujjat topshirish muddati (28.02.2018y);
-Nomzodlar KOICA ofisda suhbat asosida tanlanadi;
-To'ldirish uchun ariza shakli: 2 ta shakli mavjud (1- ariza shakli KOICA`CIAT` 2- ariza shakli har bir universitetga);
Har bir universitetning dastur bo`yicha ariza to`ldirish shakli har xil bo`lib, ariza to`ldirish bo`yicha batafsil ma`lumotlarni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: http://training.koica.go.kr
1-bosqichda KOICA ofisida hujjatlar ko`rib chiqiladi;
2-bosqichda hujjatlar ko`rib chiqiladi, shundan so`ng universitetlar tomonidan suhbat o`tkaziladi.
- Bir vaqtning o'zida bir nechta dasturga hujjatlar topshirish man etiladi.
Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
- ishlaydigan tashkilotdan rasmiy tavsiyanoma;
- jismoniy va ruhiy jihatdan sog'lom bo`lishi;
- davlat tashkilotida faoliyat olib borishi;
- bakalavr diplomiga ega bo`lishi;
- ingliz tilini yaxshi bilishi
Avval mazkur dasturda ishtirok etganlardan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Dastur bo`yicha batafsil ma`lumotlarni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: http://training.koica.go.kr
TIQXMMI Xalqaro aloqalar bo‘limi