“SPECIAL AND INCLUSIVE EDUCATION” XALQARO KURSI

Isroilning Xalqaro taraqqiyot agentligi (MASHAV) 2018 yil 6-25 may kunlari o`tkaziladigan “Special and inclusive education” nomli  xalqaro kursni e`lon qildi.                                                                                                                                             

  Kursning asosiy mavzulari:

· Isroil ta`lim siyosati;

· talabalarga interaktiv hamda turli xil qiziqarli usullar orqali ta`lim berish;

· adolatli hamda sifatli ta`lim berish;

· turli xil tabiatdagi talablariga muvofiq ravishda kelajakdagi faoliyat uchun asos yaratish.

Mazkur kursda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • ingliz tilini yaxshi bilishi;
  • oliy ta`lim sohasida ishlashi;
  • tibbiy muassasa tomonidan berilgan tibbiy guvohnoma.

 

Ro`yxatdan o`tish muddati: 05.03.2018 yil.

 

Ro`yxatdan o`tish bo`yicha batafsil ma`lumotlarni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: http://mashav.mfa.gov.il/MFA/mashav/Courses/Pages/default.aspx.

Kurs bilan bog‘liq (yo‘l harajatlaridan tashqari) barcha (o‘quv mashg‘ulotlari, yashash, oziq-ovqat va madaniy sayohat) harajatlar taklif qiluvchi tomonidan qoplanadi.

Kurs bo`yicha batafsil ma`lumotlarni TIQXMMI Xalqaro aloqalar bo‘limidan olishingiz mumkin.