UNESCO granti: Moskvada barcha xarajatlar qoplanadigan 1 oyik o’qish
Qayerda: Rossiya, Moskva
Kim uchun: Bakalavrlik diplomiga ega bo’lganlar uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 3-apreligacha
Umumiy ma’lumot: UNESCO va Barqaror energetikani rivojlantirish xalqaro markazi (International Center for Sustainable Energy Development) rivojlanayotgan davlatlarda barqaror va yangilanadigan (renewable) energiya sohasida inson resurslarini oshirish va rivojlantirish maqsadida Rossiyaning Moskva shahrida 4 haftalik o’quv dasturi yuzasidan grant dasturini e’lon qildi.
Dastur davomiyligi: Ushbu o’quv dasturi 2018-yilning 1-oktabridan 26-oktabrigacha davom etadi.
Qabul qilinishi rejalashtirilgan ishtirokchilar soni: O’zbekiston uchun 2ta.
O’qish sohasi: Nomzodlar quyidagi sohalardan birini tanlashi mumkin:
- Energetika va barqaror rivojlanish (Energy and sustainable development);
- Energiya resurslarining ekologik boshqaruvi(Ecological management of energy resources);
- Yangilanadigan energiya (Renewable energy);
- Yangilanadigan va barqaror eneriya ishlab chiqarish manbalari (Sustainable and renewable energy power generation).
Iqtisodiy ta’minot: Ushbu dasturda qatnashish huquqini qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’ladi:
- O’qish puli to’liq to’lab beriladi;
- Moskvaga borish va kelish xarajatlari to’liq qoplanadi;
- Oziq ovqat, turar joy va boshqa xarajatlar uchun har bir ishtirokchiga oyiga 475 AQSh dollari miqdorida stipendiya beriladi;
- Rossiyaga borishdan oldin aeroport bilan bog’liq xarajatlar uchun100 AQSh dollari miqdoridagi summa beriladi.
- Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi;
- Har bir ishtirokchiga alohida kishi biriktiriladi;
- Yashash joy izlash va topishda bevosita yordam ko’rsatiladi.
Nomzodga qo’yilgan talablar:
- Nomzod kamida bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim, agar diplom BA in Econimics sohasida bo’lsa yaxshi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va bu tilda qiyinchiliksiz muloqot qila olishi lozim. O’qish ingliz tilida olib borilad.
- Nomzod 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjarlar:
- Belgilangan shakldagi ariza;
- 6ta fotosurat;
- Diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
- Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS/TOEFL);
- Tibbiy ma’lumotnoma. Ushbu ma’lumotnoma keyinchalik – nomzod tanlangandan keyin nomzodga yuboriladi va nomzod shu ma’lumotnoma asosida tibbiy tekshiruvdan o’tadi.
Barcha hujjatlar ingliz yoki fransuz tilida bo’lishi lozim.
Hujjat topshirish jarayoni: Nomzodlar hujjatlarini to’g’ridan-tog’ri UNESCO ga topshira olmaydi. Har bir nomzod ushbu dasturga aloqador hujjatlarni o’z davlatidagi UNESCO Milliy komissiyasiga topshiradi va Milliy komissiya tasdig’idan o’tgan hujjatlargina UNESCO’ga yuboriladi.
O’zbekistondagi UNESCO Milliy komissiyasi sayti SHU YERDA (http://www.unesco.org/new/en/tashkent/about-this-office/single-view/news/national_commission_of_uzbekistan_for_unesco).
Batafsil SHU YERDA (http://www.unesco.org/new/en/fellowships/programmes/unescoisedc-co-sponsored-fellowships-programme/) tanishing.