XITOY XALQ RESPUBLIKASI TOMONIDAN 2018 YILGA MO`LJALLANGAN “MOFCOM SCHOLARSHIP” STIPENDIYA DASTURI
XITOY XALQ RESPUBLIKASI TOMONIDAN 2018 YILGA MO`LJALLANGAN “MOFCOM SCHOLARSHIP”
STIPENDIYA DASTURI
Dasturning maqsadi rivojlanib kelayotgan davlatlarning iqtidorli yoshlarini Xitoy Xalq Respublikasining 26 ta universitetida turli soha yo`nalishlari bo`yicha tajribalarini kengaytirishni qo`llab-quvvatlashdan iborat.
Ushbu grant 2-3-4 yillik bo`lib, nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- tegishli davlat fuqaroligiga ega bo`lish;
- sog'lig`i yaxshi bo`lishi;
- magistratura dasturida tahsil oluvchilar bakalavr darajasiga ega bo'lish;
- doktorantura dasturida tahsil oluvchilar magister darajasiga ega bo'lish;
- 45 yoshdan oshmagan bo`lish;
- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (B1 yoki IELTS 6 sertifikati) yoki xitoy tilini bilish 4-darajada bo`lishi;
Arizalari 15.04.2018 yilgacha qabul qilinadi!
Мazkur dastur bilan bog`liq batafsil ma`lumotlarni quyidagi http://www.campuschina.org elektron manzil orqali olish mumkun.