YUNESKO va Rossiya hukumatining 2020 yil uchun qo‘shma stipendiyalari haqida

YUNESKO va Rossiya hukumatini 2020 yil uchun barqaror va qayta tiklanadigan manbalar sohasida malaka oshirish stipendiyalari xalqaro tanlovini e’lon qilmoqda. Tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar 2020 yil 5-30 oktyabr kunlari mobaynida Rossiya Federatsiyasidagi Barqaror energiya rivojlantirish xalqaro markazida (Moskva Sh., YUNESKOning markazi) quyidagi sohalar bo‘yicha malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

  • Energiya va barqaror rivojlanish;
  • Energiya manbalarini ekologik boshqaruvi;
  • Qayta tiklanadigan manbalar;
  • Barqaror va tiklanadigan manbalardan elektr quvvatini ishlab chiqarish

Tanlovda eng kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan, 35 yoshdan oshmagan, jismonan sog‘lom va ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan nomzodlargina qatnasha oladilar.                                                     Barcha sarf-xarajatlar stajirovka tashkilotchilari tomonidan qoplanadi

Shu munosabat bilan mazkur tanlovda ishtirok etish uchun elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldirib TIQXMMI Xalqaro hamkorlik bo‘limiga 29 fevralga topshirishlari kerak bo‘ladi.

Ilova-Announcement_letter_UNESCO_ISEDC

Manzil: 11-bino 306-xona