DIQQAT TANLOV !

“TIQXMMI” MTU professor-o’qituvchi va 
ilmiy-pedagogik xodimlari diqqatiga

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-42 sonli qarori doirasida “Professor-o’qituvchi va ilmiy-pedagogik xodimlarning kasbiy mahoratini xorijiy oliy ta’lim muassasalarida oshirishni ta’minlash” vasifasi berilgan. Mazkur vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida “TIQXMMI” MTU professor-o’qituvchi va ilmiy-pedagogik xodimlari o’rtasida tanlov e’lon qilinadi.

Tanlovning maqsadi: Universitet professor-o’qituvchi va ilmiy-pedagogik xodimlari orasidan kasbiy mahoratini oshirishi uchun ilg’or xorijiy oliy ta’lim muassasalariga yuborish tavsiya etiladigan istiqbolli nomzodlarni tanlab olish va ularning bazasini shaklantirishdan iborat.

Tanlovda ishtirok uchun talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlarni taqdim etish talab etiladi:

1. Kasbiy mahoratini oshirish bo’yicha maqsadni asoslovchi motivatsiyon ariza

2. Chet tillaridan birini xalqaro standartlar talablari darajasida bilishini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

4. Xalqaro andozalar asosida tayyorlangan batafsil CV, resume;

5. Yetakchi olimlar tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma;

 

Talab etilgan hujjatlar majmuasini 2022 yil 20 fevral kuni 17.00ga qadar international@tiiame.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so’raladi.