“El-yurt umidi” jamgʼarmasi 2022 yil
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish
boʼyicha “El-yurt umidi” jamgʼarmasi 2022 yil uchun xorijiy davlatlarda
bakalavriat, magistratura va doktorantura taʼlim dasturlariga 420 oʼringa
moʼljallangan 1-ochiq stipendiya tanlovlari oʼtkazilishini eʼlon qildi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning hujjatlari
2022 yilning 10 yanvaridan 10 fevraliga qadar yagona tartib, teng imkoniyat
asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda http://admission.eyuf.uz/
havolasi orqali qabul qilinmoqda