Juxai shahridagi “Makon va Yo‘l” filiali (Belt and Road School Beijing Normal University

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (28.01.2022y. №08/2521) hamda Oʻzbekiston Respublikasining Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasining xatlariga ko‘ra, Pekin Pedagogika universitetining Guandong provinsiasi Juxai shahridagi “Makon va Yo‘l” filiali (Belt and Road School Beijing Normal University) tomonidan 2022-o‘quv yili uchun magistratura dasturida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e`lon qilindi. Mazkur stipendiya (to‘liq yoki yarim to‘liq grant) Biznes boshqaruvi va Davlat boshqaruvi magistri (MBA/MPA) yo‘nalishlariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidan 5 nafar (belgilangan qabul shartlari asosida) nomzodga taqdim etilishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar Pekin Pedagogika universitetining Belt and Road School Beijing Normal University http://apply.bnu.edu.cn// veb-saytida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi va barcha o‘qishga kirish tartiblaridan on-line tarzda mustaqil ravishda o‘tishi kerak. Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 30-aprelgacha.