O‘qituvchilarni pandemiyadan keyingi davrga tayyorlash: Global fuqarolik ta’limi o‘zgarishlarning asosi
Xalqaro hamjihatlik taʼlimi bo‘yicha Osiyo va Tinch okeani mintaqasi YUNESKOning 2-kategoriya markazi tomonidan global fuqarolik ta’limi va xalqaro hamjihatlik ta’limi bo‘yicha o‘quv seminarlarda ishtirok etish uchun tanlov e’lon qilingan.
O‘quv mashg‘ulotlari dasturi mavzusi: “O‘qituvchilarni pandemiyadan keyingi davrga tayyorlash: Global fuqarolik ta’limi o‘zgarishlarning asosi”.
Dastur ingliz tilida olib boriladi.
O‘quv dasturining birinchi bosqichi 2022 yil 30-maydan 29-iyulga qadar tanlov g‘oliblari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi bosqich esa 2022-yil 30-iyundan 29-iyulga qadar tanlov asosida o‘tkaziladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga global fuqarolik ta’limi va xalqaro hamjihatlik ta’limi bo‘yicha loyiha taklifini yuborish orqali “grant” va dasturning “ustozlik” bosqichi tanlovida ishtirok etish imkoniyati beriladi. Nomzodlar anketalari quyidagi havola orqali joriy yil 16-may kuniga qadar onlayn to‘ldirilishi zarur: https://forms.gle/ALsDHN6BZJ1vroHM8
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari ingliz tilida to‘ldirilib, joriy yil 14-may kuniga qadar Vazirlikning Xalqaro aloqalar boshqarmasi elektron manzili(xab@edu.uz)ga yuborilishi lozim