"PCTE Group of Institutes" ta`lim muassasasi tomonidan e`lon qilingan stipendiya tanlovi

O`zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi va Hindistonning "PCTE Group of Institutes" ta`lim muassasasi o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuv natijasi doirasida Hindistonning "PCTE Group of Institutes" ta`lim muassasasi tomonidan 2022/2023-o`quv yili uchun bakalavr va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e`lon qilingan.

"PCTE Group of Institutes"  Hindistonning Panjob shtatining Ludiana shahrida joylashgan.

Ushbu dastur  muhandislik, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, biotexnologiya, turizm, tijorat va boshqa yo`nlaishlarga mo`ljallangan bo`lib, mazkur stipendiyalarga O`zbekiston Respublikasidan ham 4 nafar nomzod ko`rsatilishi mumkin.

Hindistonning "PCTE Group of Institutes" ta`lim muassasasi to`grisidagi batafsil ma`lumotlar bilan www.pcte.edu.in   web sahifasida tanishish mumkin.

Hujjat topshirish muddati - 2022-yil 31-maygacha.