“Turkiya grantlari” grantlar dasturi tomonidan stipendiyalar tanlovi (bakalavriat, magistratura, doktorantura taʼlim bosqichlari)

“Turkiya grantlari” grantlar dasturi tomonidan stipendiyalar tanlovi (bakalavriat, magistratura, doktorantura taʼlim bosqichlari)

Turkiya Hukumati tomonidan 2022-yil uchun “Turkiya grantlari” Xalqaro talabalar va ilmiy tadqiqotchilarga Turkiya oliy taʼlim muassasalarida grant asosida tahsil olish va ilmiy tadqiqot olib borish imkoniyatini beruvchi grantlar dasturi eʼlon qilingan.

Ushbu grantlar dasturi bakalavriat, magistratura, doktorantura taʼlim bosqichlari va ilmiy tadqiqot olib borish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular universitetga joylashtirish, 1 yillik turk tili kursi, tibbiy sug‘urta, bir martalik aviachipta, stipendiya, o‘qish uchun to‘lov, madaniy va ilmiy dasturlar, yotoqxona bilan taʼminlash kabilarni o‘z ichiga oladi.

Stipendiya miqdori bakalavr talabalari uchun har oy 800 turk lirasi (TL), magistratura talabalari uchun 1100 TL, doktorantlarga 1600 TL, ilmiy tadqiqotchilar uchun 3000 TL, davlat xodimlari va ilmiy xodimlar uchun “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” 2000 TL ni tashkil qiladi.

Ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar faqatgina oylik stipendiya bilan cheklangan. “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” granti oylik stipendiya, yotoqxona, aviachipta, madaniy va ijtimoiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

“Turkiya grantlari” dasturiga onlayn tarzda quyidagi veb-sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: http://www.turkiyeburslari.gov.tr/ Mazkur tanlovning yosh jixatdan cheklovlari veb-saytda keltirilgan.

Xujjat topshirish muddatlari “Turkiya grantlari” dasturining veb-saytidagi “Application calendar” sahifasida maʼlum qilingan