Yaponiyaning “Matsumae International” jamg‘armasi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 22-fevraldagi №08/5798 xatiga ko‘ra, Yaponiyaning “Matsumae International” jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan Yaponiyada tabiiy, muhandislik va texnik fanlar, shuningdek tibbiyot sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish va malaka oshirish dasturi to‘g‘risidagi ma’lumot beradi. Mazkur dastur 2023-yil aprel oyidan 2024-yil mart oyigacha amalga oshiriladi. Shuningdek, ajratilayotgan stipendiya aviachipta (borish va kelish) va tibbiy sugʻurta xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Yaponiya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tanlovda 49 yoshdan oshmagan, fan nomzodi (PhD yoki unga tenglashtirilgan) darajasiga ega, ingliz yoki yapon tillarini yaxshi biladigan vakil tavsiya etilishi kerak. Nomzodalar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari qatoridan tanlab olinishi mumkin. Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 20-iyun. Tanlov natijalari 2022-yil dekabr oyi oxirida eʼlon qilinadi. Nomzodlar barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda application@mifjapan.org elektron pochta manziliga yuborishi lozim. Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati ilova qilinmoqda. Shuningdek, mazkur dastur to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan Yaponiyaning “Matsumae International” jamg‘armasining http://www.mars.dti.ne.jp/mif/ rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.