Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti

Oʻzbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi ma’lumotiga muvofiq, Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti (Yokohama Natuional University) tomonidan 2022-2023 o‘quv yiliga doktorantura dasturida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilingan. Mazkur stipendiya Akademik martabani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global doktorlik dasturi (Global Doctoral Program for Academic Career Support, GDACS) bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidan 2022-yil oktabr yoki 2023-yil aprel oylarida doktoranturaga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Dastur universitet o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarni kirish va o‘qish to‘lovlardan ozod qiladi va muvaffaqiyatli talabalar uchun oylik 100 ming yen (taxminan 1 ming AQSh dollari) stipendiyasi bilan ta’minlaydi. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar mustaqil ravishda Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti veb-saytida https://www.ynu.ac.jp/english/admissions/scholarship/gdacs/  batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi va barcha tartiblardan on-line tarzda o‘tishi kerak. Ilmiy rahbarni aniqlash ham nomzodning zimmasidadir.