Yaponiyaning Nagasaki universiteti tomonidan universitetda tahsil olish uchun stipendiya

O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ma’lumotiga muvofiq, Yaponiyaning Nagasaki universiteti tomonidan universitetda tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qiladi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolariga Axborot va ma’lumotshunoslik fakulteti bakalavriat yo‘nalishiga 2 ta stipendiya ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Nomzodlar matematika, ingliz va yapon tillarini mukammal bilishlari kerak. Yaponiyaning Nagasaki universiteti bakalavriyat darajasidagi darslarning aksariyati yapon tilida o‘qitilishini inobatga olgan holda, nomzodlar yapon tilini JLPT N2 darajasida bilishi talab etiladi.

Batafsil malumot olish uchun Xalqaro Xamkorlik Bo’limiga murojat qiling.

  • alt-images