TIQXMMI talaba va magistrantlari diqqatiga

IELTS yoki TOEFL sertifikatiga ega bo’lgan, shuningdek, yaqin kunlarda sertifikat olishi kutilayotgan talaba va magistrantlar joriy yilning    31-yanvariga qadar institutning Xalqaro aloqalar bo’limida ro’yxatdan o’tishlari so’raladi.

Bundan asosiy ko’zlanayotgan maqsad – ularni xalqaro grant va loyihalar, konferensiya va seminarlar, shuningdek institutimizda xorijiy professor-o'qituvchilar tomonidan o'tiladigan ma’ruza va seminarlarga keng jalb etish hamda bu borada har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ko’maklashishdan  iborat.

Bu orqali mazkur talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladilar:

  • xalqaro loyiha va grantlarda ishtirok etish;
  • ingliz tilidagi bilimlarni yanada oshirish;
  • institutga tashrif buyurayotgan chet ellik mehmonlar bilan muloqot qilish;
  • xalqaro tadbirlarda ishtirok etish va bu orqali ilmiy salohiyatni yanada oshirish.

Xalqaro aloqalar bo'limi (9 qavatli binoning 3 qavati)

Tel: 2370987