1 000 funt sterling stipendiya; joy – 15tagacha!

1 000 funt sterling stipendiya; joy – 15tagacha!

Buyuk Britaniyada joylash John Innes Centre (https://www.jic.ac.uk/) ilmiy tadqiqot markazi bakalavriatda tahsil olayotgan talabalardan International Undergraduate Summer School uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu yozgi maktab 2021-yilning 27-iyunidan 21-avgustigacha, ya’ni 8 hafta davom etadi.

Tadqiqot loyihalari bilan shu yerda  (https://www.jic.ac.uk/training-careers/summer-schools/international-undergraduate/)batafsil (https://www.jic.ac.uk/training-careers/summer-schools/international-undergraduate/) tanishing.

onlayn arizani (https://opportunities.jic.ac.uk/summerProgramme/apply.asp) toʻldirishda, shaxsiy savollarga javob berish bilan bir qatorda, CV, Personal Statement (shaxsiy izoh) va bir nafar tavsifnoma beruvchi oʻqituvchi/ilmiy xodim kontaktlarini ham taqdim qilishi kerak.

Tavsifnoma beruvchi shaxsga email orqali tavsifnoma berish uchun taklif yuboriladi. Onlayn arizalar (http://opportunities.jic.ac.uk/summerProgramme/apply.asp?) 2021-yil 18-yanvargacha topshirilishi lozim.

Arizani toʻldirishni boshlashdan oldin Dastur qoidalari bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ushbu qoidalar bilan tanishish uchun shu yerga (https://opportunities.jic.ac.uk/summerProgramme/apply.asp) kiring va «Conditions of Award» tugmasini bosing.