IRRIGATSIYA VA SUV RESURSLARINI BOSHQARISH BO’YICHA MAGISTRATURA

Hindistonning Rurki texnologiya instituti irrigatsiya va suv resurslarini boshqarish mutaxassisligi bo’yicha magistraturada tahsil olish dasturini e’lon qiladi.                                                                                                                                                        Mazkur dastur 2018-2019 o’quv yiliga mo`ljallangan bo`lib, magistratura darajasini yoki bakalavriaturadan keyingi darajani beradi. Dastur Irrigatsiya va suv resurslarini boshqarish bo’yicha mutaxassislarni kelajakda suv tanqisligi sababli kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish bo`yicha malakasini oshirishga qaratilgan bo`lib, darslar 2018 yilning 12 iyulidan boshlanadi.

Ushbu dastur 2 yillik bo`lib, nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • magistr yoki bakalavr diplomi;
  • ingliz tilini yaxshi bilishi.

 

Arizalar 2018 yilning 15 iyuniga qadar qabul qilinadi!

Мazkur dastur bilan bog`liq batafsil ma`lumotlarni quyidagi havolalar orqali olish mumkin:

https://www.iitr.ac.in/

https://www.iitr.ac.in/departments/WRT/pages

https://www.iitr.ac.in/departments/WRT/news/News/bro22012018.pdf