Xalqaro Yoshlar Sammiti 2018

Qayerda: Toshkent shahri

Kim uchun: Butun dunyodan, 18-27 yoshlilar

Qachon: 29-31-mart, 2018-yil

Ariza topshirish muddati: 28-fevral, 2018-yil

O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi (UzTEA) qoshidagi Yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (YLDP) Xalqaro Yoshlar Sammiti 2018 (IYS 2018) uchun arizalar qabulini e’lon qiladi.

Sammitning qisqacha mazmuni: Xalqaro Yoshlar Sammiti har yili o’tkaziladigan anjuman bo’lib, 2016-yildan beri o’tkazilib kelmoqda. Bu sammit O’zbekistondagi to’liq ingliz tilida o’tkazilgan eng birinchi yoshlar anjumanlaridan biri hisoblanadi. Sammit ishtirokchilari onlayn ariza topshirish yo’li orqali Respublika viloyatlari va butun dunyo yoshlari orasidan tanlab olinadi. Sammit dasturi bo’yicha, 3 kun davomida ishtirokchilar turli xil guruhlarga bo’lingan holda seminar va trening larda ishtirok etadi va ulardan o’rgangan bilim va malakalarini ishlatgan holda, jamoa bilan turli xil jamiyat uchun foydali ijtimoiy loyihalar tuzishadi. Sammit so’nggida jamoalar o’z loyihalari taqdimotini uyushtiradi va eng yaxshi deb tan olingan loyihalar sammitdan so’ng hayotga tadbiq etiladi. “YLDP Summer School”, “Plov4Love”, “Back2Reality” va Yillik Yoshlar Yalpi Majlisi kabi loyihalar 2017 va 2018-yilgi Xalqaro Yoshlar Sammiti natijasida yuzaga kelgan loyihalar hisoblanadi. Ushbu loyihalarda qiziqishlari va maqsadlari o’xshash bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o’quv yurtlari talabalari va butun respublikadan yoshlar qamrab olingan.

Sammitning maqsadi: Yurtimiz yoshlari hamda turli chet el davlatlari yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashtirgan holda, ular uchun tajriba almashish maydonchasi yaratish va bu orqali yurtimiz yoshlarining chet el davlatlari haqida fikr va qarashlarini shakllantirish va, ayni paytda, chet ellik yoshlarni yurtimiz haqida aniq va batafsil ma’lumot bilan ta’minlash.

Sammit quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:

  • Axborot Texnologiyalari
  • Ekologiya
  • Ijtimoiy Rivojlanish
  • Turizm (Nation Branding)
  • Arxitektura

Sammit ingliz tilida bo’lib o’tadi va unda 18 yoshdan 27 yoshgacha bo’lgan butun dunyodan iqtidorli yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ariza topshirish: https://iys.yldp.uz  

Arizalar topshirish muddati: 28-fevral, 2018-yil

Batafsil ma’lumot uchun: tashkentyouthsammit@gmail.com