Yaponiya: Barcha xarajatlar to’lanadigan xalqaro forum

Qayerda: Yaponiya, Fukuoka

Kim uchun: Ijtimoiy fanlar sohasida ishlayotgan yoshlar uchun

Hujjat topshirish muhlati:2018-yilning 17-martigacha

Umumiy ma’lumot: 2018-yilning 25-28-sentabr kunlari Yaponiya (Fukuoka) da «World Social Sciences Forum 2018» forumi bo’lib o’tadi. Forum mavzusi – “Security and Equality for Sustainable Futures”. To’rt kunlik forum davomida ishtirokchilar xavfsizlik hamda uning barqaror rivojlanishi bilan aloqasi haqida o’rganishadi, o’z fikrlarini bildirishadi hamda ma’ruzalar qilishadi.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu forumga qatnashish uchun grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Borish va kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Viza xarajatlari to’lab beriladi;
  • 5 kun Yaponiyada turar joy uchun to’lov to’lanadi (kuniga 77 AQSh dollari miqdorida);
  • Oziq-ovqat uchun kunlik to’lov to’lanadi (kuniga 17 AQSh dollari miqdorida);
  • Ro’yxatdan o’tish to’lovi qoplab beriladi.

Nomzodga qo’yilgan talablar: 

  • Nomzod ijtimoiy (fanlar) sohada ishlayotgan bo’lishi kerak;
  • Nomzod 40 yoshdan oshamagan bo’lishi kerak;
  • Nomzod O’zbekiston, Armaniston, Ozarboyjon, Belorussiya, Gruziya, Moldova, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston yoki Ukraina fuqarosi bo’lishi lozim.
  • Nomzod doktorlik darajasiga ega bo’lsa, tanlanish ehtimoli yuqoriroq (lekin doktorlik darajasi majburiy shar emas).

Ariza topshirish jarayoni: Dastlab ariza formasini yuklab oling hamda, uni to’ldirishingiz va online tarzda topshirishingiz kerak. Arizaga qo’shib CV hamda ishlayotganini tasdiqlovchi ma’lumotnomani ham topshirishi kerak. Hujjarlar hammasi bitta PDF formatdagi faylga birlashtirib, topshiriladi. Ro’yxatdan o’tish va kerakli hujjatlarni topshirish uchun SHU YERGA (http://www.wssf2018.org/call-for-papers.html) tashrif buyuring.

Arizani yuklab olish va to’liq ma’lumot uchun SHU YERGA (http://www.wssf2018.org/scholarship.html) kiring.