Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari diqqatiga!
Joriy yilning 9 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasida prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan institutimizda faoliyat ko‘rsatayotgan hamda tahsil olayotgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari hisoblangan o‘qituvchi-xodim va talaba, magistrantlarni mazkur saylovda munosib ishtirok etishlari uchun Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasidagi 267-sonli saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahar, Zulfiyaxonim ko‘chasi (Abay hamda Zulfiyaxonim ko‘chalari kesishuvida). Yangi qurilgan Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 maydagi 87-03-1997 sonli xati.