KOICA stipendiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022-yil 26-apreldagi №05-45-03825 xati hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) ma’lumotiga ko‘ra, 2022-o‘quv yilida Koreya universitetlarining magistraturaga (qo‘shimcha qabul) va doktoranturaga stipendiya tanlovlari e’lon qilingan. Nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari qatoridan, 2 yil ish stajga ega bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim. Ushbu tanlovda (FAQAT MAGISTRATURA va DOKTORANTURA) ishtirok etish uchun to‘ldirilgan arizalarni tavsiya etayotgan OTMning rektori imzosi qo‘yilgan rasmiy xati bilan va barcha zarur hujjatlarni ilova qilingan holda, 2022-yil 5-may, 12.00 dan kechiktirilmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining a.rakhmonov@mift.uz (nusxasi - xab@edu.uz) elektron manziliga taqdim etishingizni so‘raymiz. Yuborilayotgan fayl “KOICA stipendiyasi” deb nomlanishi kerak. Batafsil ma’lumot, shartlar va zarur hujjatlar ro‘yxati ilova qilinmoqda. Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot bilan KOICAning rasmiy saytida tanishish mumkin: http://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do.