Bo’lim tarixi
XALQARO HAMKORLIK BO’LIMI
Xalqaro hamkorlik bo’limi universitet faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy bo’limlardan biri bo’lib, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti nomidan uning ravnaqi, missiyasi va asosiy maqsadlari yo’lida barcha yo’nalishlarda xorijiy mamlakatlardagi va O’zbekistonda joylashgan xorijiy mamlakatlarning turli tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan faoliyatlarni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi. Xalqaro hamkorlik faoliyati keng qamrovli bo’lib o’z ichiga strategik va joriy tezkor tadbirlar majmuasini qamrab olgan holda institutni yetakchi xorij universitetlari va tashkilotlari bilan bog`lab beruvchi rasmiy bo’g`in hisoblanadi. Xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar, turli biznes sohalari tashkilotlari bilan o’zaro manfaatli hamkorlik yo’nalishlarini aniqlash, ta'lim va ilmiy dasturlarni rivojlantirish, talabalar va professor o’qituvchilar jamoasini internatsionallashtirish, talabalar almashinuvi, qo’shma ta'lim va ilmiy dasturlar va loyihalarni tashkil etish, professor o’qituvchilarni malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, ilg`or xorijiy muassalarning yetuk mutaxassislarini institutning o’quv va ilmiy jarayoniga jalb etish, institutning moddiy texnika va o’quv-ilmiy laboratoriya bazasini modernizatsiya qilishni tashkil etish, institutdagi mavjud o’quv va ilmiy-texnik salohiyatni yanada rivojlantirishga sharoitlar yaratish kabi yo’nalishlar xalqaro hamkorlik bo’limining asosiy vazifalari doirasiga kiradi. Xalqaro hamkorlik bo’limiga hozirda d-r Sh.Rahmonov boshchilik qiladi
Bugungi kunda 'TIQXMMI" MTUda xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan va ayni paytda amalda bo’lgan jami 105 ta shartnoma va memorandumlar mavjud bo’lib, ular Yevropaning yetakchi mamlakatlari, AQSh, Rossiya, Osiyoning rivojlangan davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ilg`or muassalar bilan tuzilgan. Hozirda 'TIQXMMI" MTUda umumiy qiymati 1 mln AQSh dollari va 300 mln Yevroga yaqin bo’lgan jami 29 ta xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda. 'TIQXMMI" MTUda 17 ta mutaxassislik bo’yicha ikki tomonlama diplom beruvchi xalqaro qo’shma magistratura va xalqaro qo’shma doktorantura faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, xar yili xorijning yetakchi universitetlaridan 30 nafardan ortiq professorlari institut o’quv va ilmiy jarayoniga jalb etilgan. Universitetda Xitoy, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog`iston, Rossiya, Germaniya, Kolumbiya, Afg`oniston Janubiy Koreya kabi mamlakatlardan talabalar tahsil olmoqdalar. Har yili institutning 100 nafardan ortiq professor o’qituvchi va talabalar rivojlangan mamlakatlarning universitet va tashkilotlariga malaka oshirish hamda stajirovka o’tab kelishlari tashkil etilmoqda. Bo’limning yaqin kelajakka mo’ljallangan ustivor vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ta'lim dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlardagi ilg`or (tan olingan reyting tashkilotlari - THE, QS - ma'lumotlari bo’yicha birinchi 1000 talikka kirgan) oliy ta'lim muassasalari bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;
- ilmiy tadqiqot dasturlarini xalqaro talablar asosida rivojlantirish va xalqaro ilmiy maktablar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish;
- salohiyatni rivojlanish dasturlarini takomillashtirish va xalqaro ilg`or oliy ta'lim va ilmiy muassasalar, xalqaro jamg`armalar va donorlar bilan o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish;
- professor-o’qituvchilar, doktorantlar va talabalarning xalqaro xamkorlik yo’nalishidagi faoliyatlarda faol ishtirok etishi uchun zarur va rag`batlantiruvchi shart-sharoitlarni yaratish, xalqaro faoliyatlar jarayoni va natijalarini ob'ektiv va shaffof monitoring tizimini yo’lga qo’yish;
- xalqaro miqyosda o’tkazildigan oliy ta'lim muassasalari talabalari olimpiadalariga institut iqtidorli talabalarini tanlab olish hamda maqsadli tayyorlash;
- institutning xalqaro maydondagi akademik jozibadorligini oshirgan holda xorijiy talabalarni keng jalb etish;
- institutga bakalavriat ta'lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o’quv jarayoniga ilg`or xorijiy oliy ta'lim muassasalari professor-o’qituvchilarini jalb etish.
'TIQXMMI" MTUda 1956 yilda ilk bor xorijlik fuqarolarga ta'lim berish yo’lga qo’yilgan. 1966 yilda esa, qishloq xo’jaligi rahbar va xodimlarining malakalarini oshirib borish maqsadida malaka oshirish fakulteti tashkil etilgan.
Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida 1997 yilda “Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va malaka oshirish markazi” va 1999 yilda “Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va malaka oshirish departamenti” tashkil etilgan va unga dotsent A.S.Pulatov rahbarlik qilgan. Departament o’zining faoliyatida quyidagi vazifalarni amalga oshirgan:
• xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda o’quv, ilmiy va amaliy loyihalarni tayyorlash;
• qishloq va suv xo’jaligi mutaxassislarining xalqaro talablar darajasida malakasini oshirish;
• xorijiy fuqorolarga ta'lim berish;
• chet tillarini o’rgatish;
• elektron aloqa va internet tarmog`idan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.
"TIQXMMI" MTUda 1956 yilda ilk bor xorijlik fuqarolarga ta’lim berish yo‘lga qo‘yilgan. 1966 yilda esa, qishloq xo‘jaligi rahbar va xodimlarining malakalarini oshirib borish maqsadida malaka oshirish fakulteti tashkil etilgan. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida 1997 yilda “Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va malaka oshirish markazi” va 1999 yilda “Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va malaka oshirish departamenti” tashkil etilgan. 2021 yilda universitet tuzilishi o‘zgarganda ushbu bo‘lim “Xalqaro hamkorlik bo‘limi” deb o‘zgartirildi. Bugungi kunda Sh.Raxmonov bo‘limga rahbarlik qilib kelmoqda.